O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi tashabbusi bilan Surxondaryo viloyatiga Toshkent shahridan 21 nafar etuk ulamolardan tashkil topgan delegatsiya tashrif buyurgan edi. Tashrifning 2-kunida:
Delegatsiya a'zolari tashrif chog'ida Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi “Hazrati Ali” jome masjidiga peshin namozini ado etdilar va namozxonlar bilan dildan suhbatlashdilar.
Toshkent shahri “Yakkasaroy ” jome masjidi imom-xatibi Toshonov Salohiddin domla chiroyli mav'izalari bilan barchani ko'nglini shod etdi.
Mav'izada mo'min-musulmonlarga so'nggi yillarda yurtimizda diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirib, shukrning fazilatini bayon etdilar.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati