Bugun, 23 noyabr' kuni Qirg'izistonning Bishkek shahrida “Din va global muammolar” mavzusidagi V xalqaro anjuman bo'lib o'tmoqda.
Halqaro anjumanda Markaziy Osiyo va xorij davlatlaridan turli din vakillari, xususan, Islom ulamolari, soha mutaxassislari, diniy yo'nalishdagi rasmiy vakillari qatorida O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o'rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov qatnashmoqda.
Mazkur nufuzli anjumanda ishtirokchilar mavzu yuzasidan ma'ruzalar bilan chiqish qilishdi. Shundan so'ng qatnashchilar “Din va davlat”, “Din va iqtisodiyot”, “Din va jamiyat” singari alohida yalpi majlislarda mavzu bo'yicha ilmiy muhokamalarni davom ettirmoqda.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Xabar berganimizdek, bugun Buxoro shahridagi Mir Arab oliy madrasasida “Moturidiy ta’limoti bilimdoni” intellektual bellashuvining Respublika bosqichi boshlandi.
Musobaqada O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalaridagi saralashdan o‘tgan talabalar ishtirok etmoqda.
Tadbir Qur’oni karim tilovati va xayrli duolar bilan boshlandi.
Bellashuv Imom Abu Mansur Moturidiyning ilmiy merosini chuqur o‘rganish va uni targ‘ib qilishga qaratilgan. Ishtirokchilar moturidiylik ta’limotining asosiy qoidalari va aqidaviy yechimlari bo‘yicha o‘z bilimlarini namoyon etishmoqda.
Bu musobaqa — ilm, ma’rifat va sof e’tiqodni mustahkamlovchi muhim voqelik!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Buxoro viloyati vakilligi
Matbuot xizmati