Aslida, tasavvuf-tariqat islomiy ilmlarning sharaflisidir. Bu ilmning sharafi, uning ichidagi mavzusining sharafi bilan ziynatlangan. Modomiki, tasavvufning maqsadi, mavzusi ma'rifatulloh ya'ni Allohni tanimoq ekan, o'z-o'zidan bu holda tasavvuf islomiy ilmlarning eng sharaflisi, insonni ruhiy va axloqiy jihatdan komillik sari yo'llovchisi bo'lib qoladi.
Ammo so'ngi yillarda sunniylikdagi Naqshbandiya va boshqa shu kabi tariqatlarni aholi orasida shayxlar, eshonlar tomonidan buzib targ'ib qilinayotganligi, ba'zi soxta tariqatchilar tomonidan tasavvufning asl maqsadi shariat ahkomlariga zid holatda talqin etilayotganini kuzatish mumkin.
Soxta tariqatchilarning ayniqsa, pirlar haqida aytayotgan da'volariga har qanday sog'lom aqidaga ega bo'lgan mo'min-musulmon hayron qolmasligining iloji yo'q. Ularning da'vosiga ko'ra piri yo'qning – piri shayton bo'ladi, pirga qo'l bermagan kishini musulmon deb bo'lmaydi, pirlar g'aybiy sirlarni biladi, Azroil (a.s) pirning iznisiz muridning jonini olmaydi, Munkar va Nakir ham pirning iznisiz savol-javob qilmaydi, muridning jannat yoki do'zax ahlidan bo'lishligi ham pirning qaroriga bog'liq, pirga qo'l bergan insonni Alloh onadan tug'ilgandek begunoh qilib qo'yadi, qoldirilgan ibodatlari ham kechiriladi, murididan boshqa kishining to'y-ma'rakasiga borilmaydi. Shuningdek, ularga “Nima uchun falon vojib amalni qilmaysizlar?” deyilsa, “Shayximiz aytmagan narsani qilmaymiz”, deydilar. Ba'zilari : “Bizning shayximiz o'zlarining nechta muridi bo'lsa, hammasining qayerda turgani va hatto qaysi yonboshi bilan yotganini bilib turadilar. Kim bunga ishonmasa, falon bo'ladi”, desa, yana birlari “Bizning shayximizga bay'at qilmaganlar johiliyat o'limi bilan o'ladi”, deydilar. Falonchi namoz o'qib, duo qilsa, vafot etgan shayxi kelib, qo'lidan ushlab, shaharni aylantirib chiqar emish, deydiganlari ham topiladi.
Sha'riy dalillarga to'g'ri kelmaydigan xato da'volari esa musulmonlar ichida turli ixtiloflarga sabab bo'lmoqda. Masalan, tahajjud va nafl namozlarini farz, vojib hisoblaydilar, yasama tishli imom orqasidan namoz o'qib bo'lmaydi, qoplama (tilla, kumush) tish qo'ygan kishining tahorati mukammal bo'lmaydi, namozdan keyin ovoz chiqarib duo va Qur'on tilovat qilish makruh, qo'lni yuvgandan keyin artish mumkin emas, chap qo'l bilan sindirilgan nonni eyish mumkin emas, choyni quyishda choynakni ham, piyolani ham o'ng qo'l bilan ushlamasa, makruh bo'ladi, shukri vuzu' namozini qay vaqtda bo'lsa ham, ya'ni makruh paytlarda ham o'qib olish zarur deydilar.
O'zini tasavvufga mansubman, deb hisoblaydigan bu kimsalarning ayrimlari “Tariqat haqiqatdir, shariatni o'rganish shart emas” desalar, ba'zilari shariat ilmlari va boshqa ilmlar bilan mashg'ul bo'lganlarni adashib yurganlar deb atab, ularga past nazar bilan qarashadi. Ilm o'qigan gumroh bo'ladi degan da'voni qiladilar. Vaholanki, Abu Homid G'azzoliy haqiqiy tasavvuf yo'lidagi kishining alomatini shunday bayon qilganlar: “Uning barcha ixtiyoriy ishlari shariat tarozusi bilan tortilgan bo'ladi. Ularni qabul qilishda ham, chiqarishda ham shariat chegarasida turishi shartdir. Chunki shariatning barcha qoidalarini egallamasdan turib, bu yo'lda yurish mumkin emas”. Abu Yazid Bistomiy : “Agar bir kishiga karomatlar berilib, hattoki u osmonga ko'tarilayotganini ko'rsangiz ham, to uning amr (Allohning buyrug'i) va nahiyni (Allohning qaytarig'i) mahkam tutganini, shariat hukmini bajarayotganini ko'rmaguningizcha, unday kimsaga aldanib qolmang”, deganlar. Ulamolar bu zotni shariatda imom, tariqatda qahramon, sunnatda tobe' va himmatda nodir deb vasf qiladilar. Hoja Ahmad Yassaviy esa: “Shariatsiz tariqatga kirganlarni shaytoni la'in imonini olar emish”, – deganlar.
Soxta tariqatchilarning yuqorida sanab o'tilgan, sof e'tiqodga to'g'ri kelmaydigan, shari'atning hukmlariga zid keladigan da'volarining barchasining sababi ularning ilmdan uzoqligi, “shariat ilmlari va boshqa ilmlarni o'rganish bu – adashishlikdir” degan da'vosining natijasidir. Aslidachi, aslida shayxda imon, taqvo bilan birgalikda murshidlik sifati bo'lishi kerak. Murshid degani irshod qiluvchi – kishilarni to'g'ri yo'lga boshlovchi deganidir. Bu ish qaysi asosda bo'lishi lozimligini Qur'oni karim “Tavba” surasida quyidagicha bayon qiladi:
وَمَا كَانَ الْمُؤْمِنُونَ لِيَنْفِرُوا كَافَّةً ۚ فَلَوْلَا نَفَرَ مِنْ كُلِّ فِرْقَةٍ مِنْهُمْ طَائِفَةٌ لِيَتَفَقَّهُوا فِي الدِّينِ وَلِيُنْذِرُوا قَوْمَهُمْ إِذَا رَجَعُوا إِلَيْهِمْ لَعَلَّهُمْ يَحْذَرُونَ
“Har jamoadan bir toifa bo'lsaydi. Ular dinni chuqur anglab, qaytib kelgan vaqtlarida qavmlarini ogohlantirardilar. Shoyadki, ular hazir bo'lsalar.” (122-oyat)
Bu oyati karimada Islom o'z dinimizni chuqur anglab etishga qanchalik yuqori ahamiyat bergani yaqqol ko'rinib turibdi.
Demak, irshod qilish uchun avvalo dinda fahiq bo'lish, uni chuqur anglab etish kerak. Dinda faqih bo'lish esa Qur'oni karim va sunnati mutohharoni puxta egallashi, shariat, aqida, imon, islom, taqvo, ehson va shukr kabi asoslarni chuqur bilishni taqozo etadi. Bu narsalarni a'lo darajada o'zlashtirmagan kishi murshid-shayx ham bo'la olmaydi. Bu ilmlarga ega inson yuqorida aytib o'tilgan da'volar qanchalik noto'g'ri ekanligini anglab etib, bunday da'volardan tezda voch kechadi.
Tasavvuf tarixiga nazar soladigan bo'lsak, bu yo'lda yuqori darajalarga ko'tarilgan ulug' shayxlarning barchalari shariat ilmlarining ham ustozlari bo'lib, ba'zi bir tariqatga o'tmoqchi bo'lganlarni avval shar'iy ilmlarni egallashga undaganlariga guvoh bo'lamiz. Qolaversa, shar'iy ilmlarni mukammal o'rganib olmagan, ibodatlardagi farz, vojib, sunnat, harom, makruh, mufsid kabi amallarni mukammal bilmagan kishi ibodatlarni nuqsonsiz, o'rinlatib ado etishi mumkin emas. Zotan hadisi sharifda: “Bir soatlik ilm etmish yillik ibodatdan afzal” deyilgan.
Alloh taolo kalomida: “Albatta Allohdan bandalari ichida faqat olimlarigina qo'rqarlar” (Fotir surasi 28-oyat) va yana boshqa bir oyatda “Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo'lurmi?” (Zumar surasi 9-oyat) deb marhamat qiladi. Ikki olam sarvari Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadislarida: “Kim ilm talab qilish yo'liga tushsa, Alloh unga jannat yo'lini egillashtiradi”, – deganlar.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan boshqa bir hadisda Payg'ambarimiz alayhissalom: “Kim ilm talab qilsa o'tgan gunohlariga kafforot bo'ladi”, deganlar. Bir fozil kishi o'g'liga: “Ey o'g'ilcham, ilm o'rgan, chunki ilm jamoling bo'lmasa jamol, moling bo'lmasa mol bo'ladi”, – degan. Abdulxoliq G'ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Ho'ja Axror Valiy, Yusuf Hamadoniy, Ahmad Yassaviy, Imomi Rabboniy kabi ulug' tasavvuf peshvolari doimo ilm egallashga da'vat qilib, kitoblar yozganlar.
Shunday ekan, ilm yo'lini maxkam tutish, shariat ko'rsatmalaridan tashqariga chiqmaslik, asossiz gap-so'zlarni o'ziga aqida qilib olmaslik bu kabi muammolarni barchasini uzil-kesil bartaraf qilib, ixtiloflarni ko'tarishga, bugungi noqulay holatlardan chiqib olishga sabab bo'ladi.
Alloh taolo hammamizni imonda, islomda sobitqadam qilib, o'zining hidoyatidan ayirmasin.
“Hadichai Kubro” ayel-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi o'qituvchisi
Muxamedxodjayeva Sanobar
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi taraqqiyoti va Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda amalga oshirilgan o‘zgarishlarga yuqori baho berdi.
U Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelgan davrdagi vaziyat bilan bugungi holat o‘rtasida katta farq borligini ta’kidladi.
"Shavkat Miromonovich O‘zbekistonga rahbarlik qilishni boshlaganida vaziyat butunlay boshqacha edi. Buni O‘zbekiston fuqarolari ham, biz ham juda yaxshi bilamiz. Shu sababli u mamlakatni rivojlanish yo‘liga qo‘yish hamda davlatning iqtisodiy jihatlarini noldan shakllantirish uchun katta kuch bilan ishlashiga to‘g‘ri keldi", — dedi Ilhom Aliyev.
Ozarbayjon rahbari sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasidagi ishlarga ham to‘xtaldi.
"Bugun biz butunlay boshqacha O‘zbekistonni ko‘rib turibmiz — jahon hamjamiyatining juda hurmatga sazovor a’zosiga aylangan O‘zbekistonni. Sanoatni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalar juda tezkor va samarali hal etilmoqda", — dedi u.
Ilhom Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda amalga oshirilgan ishlar va islohotlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik loyihalari uchun ham muhim zamin yaratgan.
"Shavkat Mirziyoyev va uning jamoasi tomonidan O‘zbekiston uchun qilingan ishlar va bu islohotlar bo‘lmaganida, birorta ham hamkorlik loyihasini amalga oshirishning imkoni bo‘lmasdi", — dedi Ozarbayjon Prezidenti.
Shuningdek, u Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelguniga qadar ikki mamlakat o‘rtasida birorta ham qo‘shma loyiha bo‘lmaganini ta’kidladi.
Ayni paytda tomonlar o‘zaro tovar aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan. Ilhom Aliyev bu ko‘rsatkichni uzoq muddatli orzu emas, balki yaqin ikki yilda amalga oshadigan natija sifatida baholadi.
"Bugun biz 1 milliardlik tovar aylanmasi haqida gaplashyapmiz. Bu qandaydir uzoq muddatli orzu emas, yaqin ikki yilda amalga oshadigan ishdir", — dedi u.
Ozarbayjon rahbari ikki tomon iqtisodiyoti ehtiyoj sezayotgan sohalardagi investitsiya loyihalari va o‘zaro sarmoyalar ham muhokama qilinganini qayd etib, bunday hamkorlik ikki davlatning parallel ravishda rivojlanishi natijasida yuzaga kelganini qayd etdi.