Bu joyda ilk masjid 1870 yilda tiklangan. Hozirgi masjid qurilishi 2018 yilda boshlanib, shu yil may oyida yakunlandi.
Yangi bino qadimiy chor ayvon va chor darvoza uslubida barpo etilgan. Uning ikki chetida balandligi 54 metrlik minoralar, asosiy binoning tepa qismida diametri 18 metrli gumbaz qurilgan.
Ilgari masjid sig'imi 5 ming kishini tashkil qilgan bo'lsa, endi bino 15 mingdan ortiq namozxonni o'z ichiga sig'dira oladi.
Qur'on oyatlaridan tilovat etilib, duo qilindi.
- Bu dargohni barpo etishga hissa qo'shgan muhandislar, quruvchi va bezakchilar, homiylarga minnatdorchilik bildiraman. Masjid Andijon xalqiga muborak bo'lsin, uzoq yillar xalqimizga xizmat qilsin, - dedi Shavkat Mirziyoev.
Shu erda ulamo va imom-xatiblar bilan muloqot bo'ldi.
- Hamma joylarda muqaddas ziyoratgohlarni obod qilish, yangi masjid va ma'rifat markazlari qurishga e'tibor qaratyapmiz. Bunday xayrli ishlarni davom ettiramiz. Mo'min-musulmonlar bu erga kelib, ibodatlarni emin-erkin bajarib, shukronalik bilan xalqimizni duolar qilsa, nur ustiga nur, - dedi davlatimiz rahbari.
Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qur’oni karim va tajvidni o‘rgatish bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum o‘g‘li hamda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov Bekobod shahridagi Qur’on va tajvid markaziga tashrif buyurdilar.
Markaz ma’muriyati hamda u yerda ta’lim olayotgan tinglovchilar bilan bo‘lib o‘tgan suhbat har jihatdan samarali bo‘ldi. Xususan, uchrashuvda Shayx Alijon qori hafizahulloh Qur’oni karimni yodlash fazilatlari, bu borada yaratilgan shart-sharoitlarning qadriga yetish, shukrona keltirish, vaqtdan unumli foydalanish kabi mavzularda go‘zal mav’iza qilib berdilar.
Haqiqatan, Qur’oni karimni yodlash, oyatlar ma’no-mazmunlarini tafakkur va tadabbur qilish ibodat va chinakam saodatdir.
Usmon ibn Affon roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning yaxshilaringiz Qur’oni karimni o‘rgangan va o‘rgatganlaringizdir", deb marhamat qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).
Toshkent viloyati vakilligi
Matbuot xizmati