Ulamolarnig Namanganga tashrifining ikkinchi kuni ham o'zgacha shukuh bilan boshlandi. Jumladan, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti katta ustozi Muhammad Ayubxon domla Homidov va Toshkent shahar “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi imom-xatibi Ismoil Muhammad Sodiq domlalar bugun To'raqo'rg'on tumani “Isvaxon” jome masjidiga tashrif buyurishdi.
Bu erda peshin namozini ado qilingach masjid qavmlari, mo'ysafid otaxonlar, keng aholi vakillari va mehrga tashna insonlar bilan uchrashdilar.
Shuningdek, tumanda faoliyat olib borayotgan imom-xatib va imom-noiblar bilan uchrashib, soha xodimlari oldida turgan vazifalar bo'yicha muloqot o'tkazishdi. Suhbat asnosida ustozlar o'z pandu nasihatlari va hayotiy tajribalari bilan o'rtoqlashib, imom domlalarni bundan shijoat va g'ayratli bo'lishga chaqirdilar.
Dastlab, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti katta ustozi Muhammad Ayubxon domla Homidov yig'ilganlarga yurtimizdagi xayrli ishlar, bo'layotgan islohotlar, diniy-ma'rifiy sohodagi ngiliklar haqida ma'lumot berish bilan birga, bugungi kunning dolzab mavzulari bo'yicha ma'ruza qildilar, so'ng yig'ilgan qavmning savollariga javob berdilar. Mo'min-musulmonlar o'zlarini qiynab kelayotgan savollariga mukammal javoblar olganlaridan qoniqish hosil qilganlari va minnatdorliklarini izhor qildilar.
Shuningdek, Toshkent shahar “Shayx Muhammadsodiq Muhammad Yusuf” masjidi imom-xatibi Ismoil Muhammad Sodiq domla ham diniy-ma'rifiy sohada qilinayotgan xayrli ishlar, diniy ta'lim bo'yicha bo'ladigan xush xabarlar haqida ma'lumot berib ztildi, jumladan, yoshlarning ilm olishga qiziqtirish, ularga ilm yo'lida nima sharoit bo'lsa davlatimiz tomonidan ham xalqimiz tomonidan ham sharoitlarni yaratish bo'yicha ma'ruzalar qilib berdilar.
Suhbat yakunida ulamolar Haq taolo yurtimizga tinchlik-ofiyat, fayzu baraka va tan-sihatlik so'rab duolar qildilar.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati