Bugun “Hidoya” o'rta maxsus islom bilim yurtiga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo'yicha maslahatchisi Shoazim Minovarov va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi Sodiq Toshboyevlar tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida mehmonlarga Namangan viloyati hokimining o'rinbosari Jamoliddin Aloydinov va bilim yurti mudiri Abdulaziz Bobamirzayevlar hamrohlik qildilar.
Tashrif chog'ida mehmonlar bilim yurtida talabalarning bilim olishlari uchun tashkil etilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida talabalar bilan yaqindan suhbat o'tkazildi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Shu yil 5 iyun kuni - hijriy zulhijja oyining to‘qqizinchi kuni ziyoratchilarimiz Mino vodiysidan erta tongdan guruh-guruh bo‘lib zamonaviy avtobuslarda Arafot maydoniga yetib kelishdi. Ushbu muborak joyda hamyurtlarimiz uchun alohida ajratilgan joyda barcha tayyorgarliklar hozirlab qo‘yilgan.
Ishchi guruhi tomonidan ziyoratchilarimiz xotirjam ibodat qilishlari uchun keng va shinam chodirlar tayyorlangan, sovutkich va muzlatkichlar uzluksiz ishlamoqda, uch mahal issiq ovqat, shirinlik va salqin ichimliklar muntazam taqdim etilmoqda.
Alloh taolo barcha hojilarning hajlarini mabrur, elu yurt haqqiga qilgan duolarini qabul aylasin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati