Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Iyun, 2025   |   11 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:50
Peshin
12:27
Asr
17:36
Shom
19:57
Xufton
21:34
Bismillah
07 Iyun, 2025, 11 Zulhijja, 1446

Ulamolar Namangan ahli bilan ma'rifiy suhbat o'tkazmoqda

15.06.2021   2140   2 min.
Ulamolar Namangan ahli bilan ma'rifiy suhbat o'tkazmoqda

Namangan viloyatiga tashrif doirasida O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o'rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov safari mobaynida Namangan shahridagi “Mulla Ismoil" jome masjidiga tashrif buyurib, jamoat bilan shom namozini o'qidi.

So'ng, masjid ahliga hozirda diniy ta'limdagi islohotlar, yoshlarni ilmga targ'ib qilish, ularni zinhor va zinhor o'z holatiga tashlab, bekorchi qilib qo'ymaylik, kitobga va ilmga bo'lgan muhabbatini oshirish va o'zi qiziqan sohasi bo'yicha elga, xalqqa foydasi tegadigan inson bo'lib etishishi uchun hozirdan harakat qilish haqida va bu masalada ota-onaning o'rni beqiyos ekanligini ta'kidladilar. Shuningdek ilmni diniy va dunyoviysi bo'lmasligi, ilmni foydali va foydasizi bo'lishligi haqida ham aytib o'tdilar va Alloh taolodan barchalarimizga foydalik ilm berishligi so'rab duoi xayrlar qildilar.

 

****

Tashrif doirasida Toshkent shahar bosh imom-xatibi o'rinbosari Abduqaxxordomla Yunusov ham Namangan shahridagi "Abdulloh ibn Mas'ud" jome masjidida asr namozini masjid qavmi bilan o'qigach, masjid ahliga yurtimizda bo'layotgan keng islohotlarga, Alloh taolo bergan har bir ne'matlariga shukrona qilib yashash, qolaversa jamiyatimiz uchun dolzarb masalalardan biri bo'lmish yoshlar tarbiyasi, ularni ilm va hunar bilan band qilish to'g'risida ma'ruza qilib berdilar.

Tashrif so'nggida masjid jamoati minnatdorligi va tashrifdan mamnunligini izhor etishdi va duoi xayrlar qilindi.

 

 

 

 

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Tuya qurbonlik qilishni istaysizmi?

06.06.2025   10980   1 min.
Tuya qurbonlik qilishni istaysizmi?

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Jumaga erta borganga tuya qurbonlik qilganning savobi beriladi...

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Qachonki, juma kuni bo‘lsa, masjidning eshiklaridan har bir eshikda farishtalar turadi va kelganni yozadilar. Qachonki imom kelsa, sahifalarni yopib, zikrni tinglashga kelurlar. Erta boruvchi xuddi tuya qurbonlik qilgan kabidir.

So‘ngra, xuddi qoramol qurbonlik qilgan kabi.

So‘ngra, xuddi qo‘chqor qurbonlik qilgan kabi.

So‘ngra, xuddi tovuq qurbonlik qilgan kabi.

So‘ngra, xuddi tuxum qurbonlik qilgan kabi",
dedilar.