Farg'ona viloyatiga safar davomida O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari Ibrohimjon domla Inomov Furqat tumanidagi “Al-Madinatul munavvara” masjidida, O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi maslahatchisi Salohiddin domla Sharipov “Chiligijiyda” masjidida jamoat bilan namozlarni ado etib, ular bilan ma'rifiy suhbat qurishdi.
Muloqotlar asnosida diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, kelgusidagi rejalar haqida ma'lumot berdilar. Unda mo'min-musulmonlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. El yurt tinchligi, xalq farovonligi va dehkonchilikka baraka tilab duoi xayrlar qilindi.
Shuningdek, Salohiddin domla Sharipov va Ibrohimjon domla Inomov Furqat tumani “Tomosha” mahallasida istiqomat qiluvchi bemor N.Rasulova holidan xabar olishib, “Vaqf” fondining besh million so'm pul, oziq-ovqat jamlanmasi va diniy-ma'rifiy kitoblarni berishdi. Haq taolodan bemorlarga shifo, muruvvatli homiylarga ajru mukofot so'rab duolar qilindi!
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
00:00 Anons
00:48 Fuqarolar murojaati e’tibor markazida
01:11 Qur’on va tajvid markaziga tashrif
01:44 Qo‘shko‘pirdagi "Islom bobo" masjidi foydalanishga topshirildi
02:28 Xayru saxovat – qalblarga quvonch ulashadi
02:42 Ziyoratchilarimiz Payg‘ambar alayhissalom shaharlarida
02:58 Imkoniyati cheklanganlar uchun navbatdagi ma’rifiy suhbat
03:24 To‘raqo‘rg‘on tumanida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi
04:01 Otinoyilar ishtirokida tanlov o‘tkazildi
04:22 Qishki ta’til davrida o‘tkazilgan malaka oshirish o‘quv seminari nihoyasiga yetdi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati