Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Yanvar, 2025   |   11 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:33
Shom
17:17
Xufton
18:36
Bismillah
11 Yanvar, 2025, 11 Rajab, 1446

Makka shahrida Pokiston va Afg'oniston davlatlari tinchlik deklaratsiyasini imzoladilar

11.06.2021   1290   2 min.
Makka shahrida Pokiston va Afg'oniston davlatlari tinchlik deklaratsiyasini imzoladilar

2021 yil 10 iyun' kuni Pokiston va Afg'oniston Respublikalarining etakchi olimlari Makkadagi muborak "Masjid al-Harom" yonida Afg'onistondagi uzoq yillik inqirozni hal qilishga yo'l ochadigan tarixiy tinchlik deklaratsiyasini imzoladilar. Tomonlar Pokiston Islom Respublikasi Islom ishlari va dinlararo bag'rikenglik vaziri Shayx Doktor Nur al-Haq Qadri hamda Afg'oniston Islom Respublikasi Haj, vaqf va irshod vaziri Shayx Muhammad Qosim Halimiy vakilligida har qanday zo'ravonlik, ekstremizm harakatlarining barcha shakllari va ko'rinishlarida rad etishga kelishdilar.

Islom Konferentsiyasi yakunida ushbu tarixiy deklaratsiya imzolanishi tadbirida Islom olami uyushmasi Bosh kotibi, Musulmon ulamolari uyushmasi raisi, shayx doktor Muhammad bin Abdulkarim Al-Iso janoblari ishtirok etdi. Saudiya Arabistoni Podshohligi homiyligi va ko'magi ostida Islom olami uyushmasi tashabbusi bilann Makkai mukarramadagi "Masjid al-Harom" bag'rida birinchi marta Afg'oniston va Pokistonning etakchi olimlari yig'ilib, afg'on xalqi o'rtasida yarashuvga erishildi.

Tarixiy deklaratsiyada Afg'onistondagi ziddiyatli tomonlar o'rtasida yarashuv jarayonini qo'llab-quvvatlash va barcha siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa tegishli masalalarni tinch yo'l bilan hal etish orqali yarashish jarayonini qo'llab-quvvatlab, afg'on mojarosiga yakuniy va keng qamrovli echim topish to'g'risida kelishuvga erishildi. Afg'onistonda davom etayotgan xunrezlikni to'xtatish va afg'on xalqini Allohning yordami bilan bu dunyoda tinchlik, yarashish, barqarorlik va taraqqiyot yo'liga olib borish uchun, zo'ravonlikning hech qanday din, millat, irq yoki madaniyat bilan bog'liq emasligini ta'kidlab, ekstremizm va terrorizmning barcha shakllari va ko'rinishlarida, shu jumladan, tinchlikparvarlarga qarshi zo'ravonlik, o'z joniga qasd qilish xurujlarini Islom e'tiqodining asosiy tamoyillariga zid deb e'lon qilindi.

Pokiston va Afg'oniston olimlari Ikki Muqaddas masjid xodimi, podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud va shahzoda Muhammad bin Salmon Ol Saudga mamlakatning tinchlikni qo'llab-quvvatlashdagi qat'iy va tarixiy mavqei uchun minnatdorchilik va tashakkur bildirdilar. Saudiya Arabistoni Podshohligining Afg'onistondagi barqarorlik va saflarni birlashtirish yo'lidagi sa'y-harakatlari soyasida ikki tomon olimlari bir maydonda yig'ildilar.

 

 

 

 

 

O'MI Halqaro aloqalar bo'limi

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Videolar

“JUMADAN JUMAGACHA” (10.01.2025)

11.01.2025   610   1 min.

00:00 Anons
00:48 Fuqarolar murojaati e’tibor markazida
01:11 Qur’on va tajvid markaziga tashrif
01:44 Qo‘shko‘pirdagi "Islom bobo" masjidi foydalanishga topshirildi 
02:28 Xayru saxovat – qalblarga quvonch ulashadi
02:42 Ziyoratchilarimiz Payg‘ambar alayhissalom shaharlarida 
02:58 Imkoniyati cheklanganlar uchun navbatdagi ma’rifiy  suhbat
03:24 To‘raqo‘rg‘on tumanida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi 
04:01 Otinoyilar ishtirokida tanlov o‘tkazildi 
04:22 Qishki ta’til davrida o‘tkazilgan malaka oshirish o‘quv seminari nihoyasiga yetdi


O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Videolavhalar