Bugun, 10 iyun' kuni erta tongda O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari, Prezident maslahatchisi Shoazim Minavarov, Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi Sodiqjon Toshboyev Andijon shahridagi “Mirpo'stin ota” ziyoratgohiga tashrif buyurishib, muborak qadamjoni ziyorat qilishdi. Mehmonlarga Andijon viloyati bosh imom-xatibi Mirzamaqsud Alimov va Diniy idora ishboshqaruvchisi Rustam Jamilov hamroxlik qilmoqda.
Diniy soha rahbarlari ziyorat asnosida Mirpo'stin ota va boshqa ulug' ota-bobolarimiz ibratli hayoti va faoliyatlari esga olinib, yurtimizdagi muborak maskanlar obod etilayotgani, ziyorat turizmiga alohida e'tibor qaratilayotgani, ulug' ota-bobolarimiz qo'nim topgan maskanlarni obod qilish, ularning beqiyos merosini o'rganib, yosh-avlodni ularga munosib qilib tarbiyalash zarurligi ta'kidlandi.
Qur'oni karim oyatlari tilovat qilinib, savobi aziz avliyolar ruhiga bag'ishlandi, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligini so'rab xayrli duolar qilindi.
Shuningdek, ushbu muborak maskanda Haq taolo rizoligi uchun bir qo'chqor so'yilib, savobi o'tgan ulug'larimiz haqqiga baxshida etildi.
Andijon safari davom etmoqda.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bugun, 15 may kuni Mir Arab oliy madrasasida "Islom ma’rifati — axloqiy va ma’naviy barkamollik asosi" mavzusida respublika anjumani bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy-amaliy anjumanda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim Muhammadsiddiqov, Mir Arab oliy madrasasi rektori Jobir domla Elov, diniy ta’lim muassasalari, shuningdek, Buxoro davlat pedagogika instituti, Menejment va zamonaviy texnologiyalar universiteti rahbar va professor o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Anjumanda bevosita va masofaviy tarzda qatnashgan notiqlar mavzu yuzasidan chiqishlar qilish barobarida muhim taklif va tavsiyalarni ilgari surdilar.
Mirarab.uz