Toshkent islom instituti katta ustozi Muhammad Ayyubxon domla Homidov Andijon viloyatidagi safari davomida Buloqboshi tumani “Shirmonbuloq” jome masjidida bo'lib, jamoat bilan asr namozini ado etdi. So'ngra masjidga kelgan mo'min-musulmonlar ma'ruza qildi.
Muhammad Ayyubxon domla yig'ilganlarga Vatanimizda bo'layotgan ezgu islohotlar, xususan, diniy-ma'rifiy sohada qilinayotgan xayrli ishlar, yangilik va xushxabarlar haqida ma'lumot berdi.
Shuningdek, ustoz bugungi zamonda har bir mo'min-musulmon mustahkam ilm-ma'rifat egallab, o'z sohasining mohiri bo'lib, yurt taraqqiyotiga hissa qo'shishi, oilada farzand tarbiyasiga alohida e'tibor qaratib, ijtimoiy tarmoq va yon-atrofdagi turli oqimlar ta'siridan asrashimiz zarurligi haqida ma'ruza qildi.
Anjijon safari davom etmoqda. Tafsilotlarni kuzatib boring.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar uchun oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksportini kengaytirish va eksportda keng qo‘llanilayotgan SMIIC standartlari bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.
Ishtirokchilarga SMIIC standartlari talablari, sinov metodlari, audit va sertifikatlashtirish jarayonlari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar berilib, "O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi laboratoriyalarida mahsulotlar sinovini amalga oshirish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirildi.
Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo markazi ulamosi Hikmatulloh domla Toshtemirov hamda standartlashtirish va muvofiqlikni baholash idoralari xodimlari ham ishtirok etdi.