Ibn Taymiyaning qarashlari o'z davrida fitnalarga sabab bo'lishiga qaramasdan unga ergashuvchilarning soni juda ko'pchilikni tashkil etgan. Tarafdorlarining asosini savodsiz -badaviylar (sahro xalqi) tashkil qilgan bo'lsa-da, ammo ular orasida ayrim ko'zga ko'ringan ziyolilar, olimlar ham yo'q emas edi.
Buning asosiy sababi Ibn Taymiya kuchli taqvosi va o'tkir ilmi bilan tanilgan Hanbaliy mazhabiga mansub namunali oilaning farzandi bo'lganidir. Otasi va bobosi zamonasining mashhur faqihlaridan deb, tan olinar edi. Ibn Taymiya muxolifatchilik harakatlarini asosan qirq yoshda boshlagan.
Ungacha esa, u o'z davrining etuk hanbaliy mazhabiga mansub faqihlaridan biri bo'lib, bir necha foydali diniy asarlarini yozib, atrofga tanilib ulgurgan edi.
Uning ilmiy mansab-mavqei va shuhrati shu darajaga etgan ediki, u tomondan aytilgan har bir fikr uning ixlosmandlari tarafdan so'zsiz qabul qilinar, dalillari surishtirilmas edi. Uning ana shu shuhrati keyingi ixtilofli fikrlarini atrofga yoyilishiga omil bo'ldi. Bular esa, musulmonlar jamoatiga qarshi fikrlarini “bezab” va “ziynatlab” qo'ygan edi. Natijada uning adashuvini ko'pchilik payqamay qoldi. Uning “yangicha fatvolari” muxlislari tomondan bosh ustiga qabul qilinar, oqibatda esa, uni “mujaddid” (dinni yangilovchi) va “shayxul-islom” degan “sharafli” laqablar bilan atay boshladilar. Aslida esa, Ibn Taymiya “mujaddid” ham, “mujtahid” ham, asl salafiy ham bo'lmagan! Udan keyin vujudga kelgan “salafiylik” oqimi hech qachon salafi-solihlarning yo'lini tutmagan va ularga mos kelmagan! Balki, musulmonlar jamoasidan ajrab chiqqan ayrimlarning adashuviga sabab bo'lgan bir kichik oqim - to'da xolos!
Hozirgi davrimizda ham internet va ijtimoiy tarmoqlarda salafiylikni targ'ib qilayotgan ayrim shaxslar (Abdulloh Zufar, Yusuf Davron va o'zini men ham hanafiyman deb, soxta salafiylikni targ'ib qilayotgan Sodiq Samarqandiylar) mazhabga ergashish shart emas deb, ayni damda esa, o'zlari soxta mazhabda ekanliklarini anglamasa.
Haqiqiy salaflar esa, to'rt mo''tabar mazhabboshilarimizdir. Ularning tuzgan yo'llari – mazhablarida yurishgina salafi solihlarga ergashishlikdir. Shuni anglash lozimki, uch oltin davrda yashab o'tgan salafi solihlar – mazhabboshilarimizga tosh otish – Payg'ambarimiz alayhissalom maqtagan zotlarga tosh otishdan boshqa narsa emas!
“Oxunbobo” jome masjidi imom xatibi
Botirov Bahodir
Joriy yil 6 sentyabr kuni poytaxtimizda Toshkent zamonaviy san’at markazi — CCA Tashkent o‘z eshiklarini ochadi. Bu shunchaki yangi muzey yoki ko‘rgazma zali emas, balki bir asrdan ziyod tarixga ega inshootga yangi hayot bag‘ishlangan yirik madaniy loyihadir.
Ma’lumot o‘rnida: 1912 yilda me’mor Vilgelm Geynzelman loyihasi asosida barpo etilgan bino dastlab tramvay deposi, keyinchalik dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan. Bugun esa uning tarixiy qiyofasi va industrial ruhini saqlagan holda, zamonaviy san’at, ta’lim, tadqiqot va madaniy muloqot markaziga aylantirildi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha tarixiy merosni asrab-avaylash va unga zamonaviy mazmun berishning yorqin namunasidir.
Fransiyaning mashhur Studio KO byurosi tomonidan ishlab chiqilgan arxitektura konsepsiyasi tarixiy meros va zamonaviy infratuzilmani uyg‘unlashtirgan. Markazda ko‘rgazma zallari, ta’lim va jamoat maydonlari, kutubxona hamda tadqiqot infratuzilmasi faoliyat yuritadi.
Eng muhimi — bu yerda nafaqat tarix saqlab qolindi, balki unga yangi mazmun berildi. Ilgari energiya ishlab chiqarilgan makonda bugun ijod, yangi g‘oyalar, san’at va insonlar muloqotining yangi energiyasi yuzaga keladi.
CCA Tashkent nafaqat Toshkentning, balki Markaziy Osiyoning yangi madaniy joziba nuqtalaridan biriga aylanishi kutilmoqda.
Bu yerda zamonaviy san’at bilan bir qatorda ma’ruzalar, kinonamoyishlar, tadqiqotlar, munozaralar, konsertlar, performanslar va turli madaniy-ta’lim tadbirlari o‘tkaziladi.