Sloveniya poytaxtidagi yagona masjid Yevropaning eng go'zallaridan biri hisoblanadi. 2020 yilda qurib bitkazilgan Lyublyana musulmon madaniyat markazi zamonaviy uslubdagi o'zgacha dizayni bilan e'tiborni tortadi va chetdan kuzatib turuvchilarga o'tkir va ingichka minora fazoga uchirishga tayyorlanayotgan raketani eslatgandek bo'ladi.
Masjid musulmonlar markazi majmuasidagi 6 binodan biridir. Diniy bino 1400 nafar namozxonga mo'ljallangan. Binolar po'lat, shisha va yog'och elementlari bilan oq betondan qurilgan bo'lib, minoraning balandligi 40 metrni tashkil etadi. Majmuada, shungingdek, sport zali, o'quv markazi, restoran va istirohat bog'i ham tashkil etilgan.
Lyublyana masjidi Sloveniyada birinchi va yagonadir. Yevropa mamlakatining musulmonlar jamoasi 1969 yildan buyon ilk bor kommunistik Yugoslaviya paytida qurilishga hujjat topshirgan, deya xabar bermoqda AtlasObscura nashri.
2000 yillar boshida jamoat qurilish uchun ruxsat oldi, lekin o'ng qanot radikallar Sloveniya poytaxtida Alloh uyining paydo bo'lishiga to'sqinlik qilishgdi va jarayon cho'zilib ketdi. Musulmonlar rejalashtirilgan masjidning joyini o'zgartirishlari kerak edi va uning birinchi toshi faqat 2013 yilda qo'yildi.
Majmua qurilishining qiymati 34 million evro bo'lib, mablag'ning ko'p qismini Qatar, qolgan qismini esa sloveniyalik musulmonlar jamg'argan.
Har qanday vaqtda majmua hududi bo'ylab yurish mumkin, musulmon bo'lmaganlarning masjid ichiga kirishlariga esa har kuni ma'lum soatlarda ruxsat etiladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bugun, 15 iyul kuni imom-xatiblar faoliyatini yanada samarali tashkil qilish bo‘yicha Sirdaryo viloyati Xovos tumanida navbatdagi amaliy tadbir o‘tkazildi. Namunaviy-amaliy tadbir yig‘ilishi mazkur tumandagi "Xovos" jome masjidida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Sirdaryo viloyati bosh imom-xatibi Habibulloh domla Zokirov yig‘ilishga boshchilik qildi. Shuningdek, vakillik xodimlari, tuman, shahar bosh imom-xatiblari hamda otinoyilar, mahallalardagi “Haj – 2025” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etildi.
Ishchi guruh a’zolari tomonidan hududdagi 20 ta mahalladagi 120 ta xonadon holidan xabar olindi. Jumladan, nogironligi bor xonadonlar, notinch oilalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar qamrab olindi.
Sirdaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati