Andijon viloyatiga qilingan tashrif asnosida Shayx Alijon qori viloyat bosh imom-xatibi Mirzamaqsud domla Alimov hamrohligida Andijon shahridagi “Jiddai Muborak” jome masjidida asr namozini jamoat bilan ado etdi.
Namozdan so'ng jamoatga yurtimizda diniy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, yoshlar tarbiyasidagi muhim jihatlar, buyuk allomalarimizning ilm yo'lidagi xizmatlari to'g'risida suhbat qilib berdi.
Ulamolarning xalq bilan uchrashuvlari davom etmoqda.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Muhyiddin ibn Arabiy aytadilar: “Kimning qanday hojati bo‘lsa, shom namozining farz va sunnatini o‘qib bo‘lganidan keyin o‘rnidan turmasdan Fotiha surasini 40 marta o‘qisin. Shundan keyin, Allohdan hojatini so‘rasin, albatta so‘ragan narsasini beradi. Biz buni tajriba qilib ko‘rdik va foydasini topdik. Fotiha surasini o‘qib bo‘lganidan so‘ng ushbu duoni o‘qiydi: “Allohim! Sening ilmingni o‘zi Sendan so‘ramaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan O‘zing so‘rovimga kifoya qil. Sening karamingni o‘zi Senga so‘zlamaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan so‘zimga kifoya qil va qalbimdagi tilagimni hosil qil”.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV