Bugun 8 iyun' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari boshchiligidagi ulamolar Andijon viloyatiga tashrif
buyurishdi.
Tashrif davomida yurtimiz ulamolari ishtirokida jome masjidlar, mahalla guzarlari, olis va chekka hududlarda keng jamoatchilik bilan ma'naviy-ma'rifiy uchrashuvlar, aholi vakillari bilan yuzma-yuz muloqotlar o'tkazilishi va ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish kabi xayrli ishlar ko'zda tutilgan.
Safar asnosida viloyat ahlini yurtimizda bo'layotgan o'zgarishlarning mazmun-mohiyati haqida xabardor qilish barobarida dardu tashvishlariga ko'maklashish, fikr-mulohazalarini tinglash va diniy sohaga tegishli muammolarini joyida o'rganib, bartaraf etish reja qilingan.
Mazkur tadbirlarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Shoazim Minovarov, Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi Sodiqjon Toshboyev va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Alloh taolo ulamolarimizning safarini barakotli va manfaatli qilsin.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati