Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Iyul, 2025   |   28 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:32
Quyosh
05:10
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:53
Xufton
21:23
Bismillah
23 Iyul, 2025, 28 Muharram, 1447

Dinda savolim bor: Masjidlarga borish haqida (Ayrim holda masjid qabriston bilan yonma-yon joylashgan bo'ladi. Shu to'g'ri-mi?)

04.06.2021   2656   3 min.
Dinda savolim bor: Masjidlarga borish haqida (Ayrim holda masjid qabriston bilan yonma-yon joylashgan bo'ladi. Shu to'g'ri-mi?)

— Eshitishimizcha, masjidga borganda masjidni bir marta o'ng tarafidan yurib aylansa, miskinlarning hajiga o'tar emish. Bu qanchalik to'g'ri?

— Bunday gap dinimizda yo'q. Masjidga borishning o'zi katta fazilat va savobga erishishdir. Vallohu a'lam!

 

— Boshqa mamlakatlarga ish yuzasidan borib qolsak, u erdagi masjidlarda namozlar bizdagidan boshqacharoq o'talishiga guvoh bo'lamiz. Bu holda qanday yo'l tutish kerak?

— Borgan joyingizdagi imom ahlus sunna val-jamoadan bo'lsa, iqtido qilinadi va o'zimizning mazhabimizda qanday o'qiyotgan bo'lsangiz, shunday o'qiyverasiz. Sahobalarni haqorat qiladigan toifalarning orqasida namoz o'qishdan saqlaning.

 

— Masjidda tupurish mumkin emas, deyishadi. Ammo ayrim masjidlarning ichida hojatxonalar ham bo'ladi. Masjid hovlisida hojatxona qurish mumkin-mi?

— Hadislarda masjidni namoz o'qiladigan qismiga boshqalarga ozor berishi mumkin bo'lgan harakatlardan tiyilishga buyurilgan. Tupurish ham shular jumlasidan. Masjid hududiga axlatlarni tashlash uchun mo'ljallangan idishlar qo'yilsa, joiz bo'ladi. Ammo masjid hududida namozxonlar uchun tahoaratxona bo'lishining moneligi yo'q. Tahoratxonada namoz o'qish joiz bo'lmaydi.

 

— Ayrim holda masjid qabriston bilan yonma-yon joylashgan bo'ladi. Shu to'g'ri-mi?

— Bu savolingizga “Fatoviy al-Azhar” — Al-Azhar fatvolari” majmuasidagi quyidagi fatvoni javob tariyqasida taqdim etishga ijozat bersangiz:

- Ichida qabr bor masjiddagi namoz hukmi: Agar qabr masjiddan ajralgan joyda bo'lsa, ya'ni namoz o'qilmaydigan joyda, unga qo'shni masjiddagi namoz to'g'ridir. Buning haromligi yoki makruhligi yo'q.

- Ammo qabr masjidning ichida bo'lsa, Ahmad ibn Hanbalning mazhabidan boshqa imomning mazhabida joizdir. Faqat ular, qabr namozxonning old tarafida bo'lishi makruh, deganlar. Chunki, bunda qabrga namoz o'qiganga o'xshashlik bor. Lekin qabr oldida namoz o'qishdan uni muqaddas bilishi va ulug'lash ko'zlangan bo'lsa, haromdir. Gohida shirkka olib borishi ham mumkin. Bas, qabr namozxonning orqasida, chap yoki o'ng tarafida bo'lsin!

 

 

 

— Ayrim masjidlar hovlisida mushki anbar, atirlar, diniy kitoblar sotiladi. Masjidlar ichida savdo qilish joiz-mi?

— Masjidning xonaqosida joiz emas. Hovlisida joiz. Masjidning tashqarisida hunarmandchilik, sotish maqsadida xat bitish, haq evaziga maktabdorlik qilish joizdir. Termiziy va Nasoiy keltirgan rivoyatda shunday deyilgan: “Payg'ambar alayhissalom masjidda she'r aytishdan, oldi-sotdi qilishdan va juma kuni namozdan oldin halqa bo'lib o'tirishdan qaytardilar”. Vallohu a'lam!

 

Muhammad Ayyub HOMIDOV

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Ilm-fiqhning mohiyati va fazilati: 2-son

21.07.2025   4280   1 min.

Buyuk mutafakkir va faqih Burhoniddin Marg‘inoniyning yetuk shogirdi, hanafiy olim Imom Zarnujiy rahimahullohning "Ta’limul muta’allimi toriqot ta’allumi" kitobi asosida ilm olishning foydalari, odoblari, inson va jamiyat taraqqiyotida ilm-fanning o‘rni haqida so‘z boradi. Sakkiz asrdan beri ilm ahli, talabalar va ziyolilar orasida keng foydalanib kelinayotgan mazkur asar haqida Alloma Laknaviy rahimahulloh haqida "Ko‘p foydalarga ega, nafis, manfaatli kitob", deya ta’rif bergan.

Abduvohid domla Ahmadaliyev,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi mutaxassisi.