O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun turizm, shahar infratuzilmasi, sanoat sohalaridagi loyihalar hamda Alisher Navoiy maqbarasini ta'mirlash va tiklash borasida amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi, deb xabar qimoqda “Dunyo” AA.
Prezidentimiz buyuk shoir va mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy maqbarasini ta'mirlash va tiklash, uning atrofini obodonlashtirish loyihasiga alohida e'tibor qaratdi.
Afg'onistonning Hirot shahridagi Alisher Navoiy maqbarasi majmuasida qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish imkoniyatlarini o'rganib chiqish vazifasi Prezidentimizning 2020 yil 19 oktyabrdagi “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to'g'risida”gi qarorida belgilangan edi.
Ushbu topshiriq ijrosini ta'minlash doirasida mamlakatimiz mutaxassislari afg'onistonlik hamkasblari bilan birgalikda maqbarani joyida o'rgandi. O'rganishlar natijasida an'anaviy me'morchilik, san'at va bezak elementlaridan foydalangan holda maqbarani ta'mirlash va tiklash loyihasi ishlab chiqildi.
Bugun taqdim etilgan loyihaga ko'ra, maqbaraning kirish va qolgan yo'laklariga Hazrat Navoiyning hikmatli suzlari bitilgan kitob ko'rinishidagi belgilar qo'yiladi hamda dekorativ o'tirgichlar o'rnatiladi.
Kirish qismida sakkiz burchakli masjid bunyod etiladi. Kirish peshtog'idan hovli qismining chap va o'ng tomonida yopiq uslubda ayvonlar barpo etiladi. Maqbaraning tashqi ko'rinishiga bezak beriladi. Gumbaz, maqbara oldi va yon qismlari mayolika elementlari bilan ishlanadi. Majmua hududi ko'kalamzorlashtiriladi.
Davlatimiz rahbari loyihalar bilan tanishib, mutasaddilarga ularni sifatli amalga oshirish bo'yicha ko'rsatmalar berdi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Diniy idoraning Buxgalteriya bo‘limi mudiri o‘rinbosari Burxon Nazarovning padari buzrukvorlari Baxtiyor hoji otaning vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etadi.
Alloh taolo oxirat safariga kuzatilgan marhum otaxonning barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin.
Haq taolo marhumning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarga ajru mukofotlar ato etsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan marhum otaxonning yaqinlariga, xususan, Burxon Nazarovga hamdardlik bildiramiz.
Janoza namozi bugun peshin namozidan so‘ng poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi "Katta Qozirobod" jome masjidida o‘qiladi.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
«Musibat yetganda “Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz”, degan sabrlilarga xushxabar bering».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Muslim.uz