Shu yil 5-10 sentyabr' kunlari Tatariston poytaxti Qozon shahrida 17-Qozon xalqaro musulmon fil'mlari festivali bo'lib o'tadi. Festivaldadagi fil'mlar “Rodina” va “Mir” kinoteatrlarida namoyish etiladi. Shuningdek, unda ijodiy uchrashuv, davra suhbati, matbuot anjumanlari, hamkorlarning kinofestivallar uchun sarmoyaviy va taqdimot maydonchasi, biznes-dastur va boshqa tadbirlar shaharning turli joylarida tashkil etiladi.
Qozon xalqaro musulmon fil'mlari festivaliga arizalarni qabul qilish 2021 yil 1 fevraldan 1 iyungacha davom etadi.
Joriy yil qozog'istonlik kino mutaxassisi va kinoshunos Gulnora Abikeyeva boshchiligidagi tanlov komissiyasi o'z ishini iyul' oyining boshiga qadar yakunlagandan so'ng tanlov dasturi e'lon qilinadi. Tanlovsiz dastur tomoshabinlarga rus badiiy, hujjatli va animatsion fil'mlarining eng yaxshi namunalari, retrospektiv va tematik dasturlarini taqdim etadi.
Eslatib o'tamiz, ushbu kinofestival' 2005 yildan buyon “Madaniyat muloqotidan – muloqot madaniyati sari” shiori ostida o'tkaziladi. Festival' bag'rikenglik, tinchliksevarlik, matonat va insonparvarlik g'oyalarini fil'mlarda tarannum etishi bilan musulmon olamidagi kinoijodkorlar o'rtasida mashhur bo'lib kelmoqda.
Kinoforum Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov ko'magi va “Rossiya – Islom dunyosi” strategik qarash guruhi bilan hamkorlikda tashkil etilgan. O'tgan yili koronavirus pandemiyasi sabab ushbu xalqaro kinofestival bekor qilingan edi. Shunga qaramay, hakamlar hay'ati festivalga taqdim etilgan barcha tanlov fil'mlarini masofadan turib baholab, g'oliblarni aniqlagan edi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Halqaro aloqalar bo'limi
Muhyiddin ibn Arabiy aytadilar: “Kimning qanday hojati bo‘lsa, shom namozining farz va sunnatini o‘qib bo‘lganidan keyin o‘rnidan turmasdan Fotiha surasini 40 marta o‘qisin. Shundan keyin, Allohdan hojatini so‘rasin, albatta so‘ragan narsasini beradi. Biz buni tajriba qilib ko‘rdik va foydasini topdik. Fotiha surasini o‘qib bo‘lganidan so‘ng ushbu duoni o‘qiydi: “Allohim! Sening ilmingni o‘zi Sendan so‘ramaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan O‘zing so‘rovimga kifoya qil. Sening karamingni o‘zi Senga so‘zlamaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan so‘zimga kifoya qil va qalbimdagi tilagimni hosil qil”.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV