Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Yanvar, 2025   |   10 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:32
Shom
17:16
Xufton
18:35
Bismillah
10 Yanvar, 2025, 10 Rajab, 1446

Gumon

1.06.2021   1556   4 min.
Gumon

Abu Hurayradan (roziyallohu anhu) rivoyat qilinadi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Gumondan chetlaninglar. Chunki gumon so'zlarning eng yolg'onidir. Birovlarning ayblarini axtarmanglar. Va so'zlariga quloq tutmanglar, ya'ni josuslik qilmanglar. Biror narsaga faqat o'zingiz ega bo'lishga oshiqmang. Hasad qilmang. Bir-biringizga g'azab qilmang. Hamda orqa o'girib munosabatlarni buzmang. Ey Allohning bandalari, sizlarga buyurilganidek birodar bo'linglar». 

Ushbu hadisi sharif juda ham zarur bo'lgan foydalar va odoblarni o'z ichiga olgan.

1-Gumon. Bu erdagi gumon bilan qilinadigan amallardan ogohlantirish, ijtihod o'rni va shar'iy hukmlar manbasi bo'lgan gumondan qaytarish emasdir. Ijtihodiy gumon bu shar'iy dalillardan bir hukmni yaxshilab tushunishdir. Qaytarilayotgan gunon esa musulmon haqida dalilsiz yomon o'ylash yoki u bilan biror kishiga zarar berib qo'yishi mumkin bo'lgan gumondir. Bunga dalil sifatida:

«Ey iymon keltirganlar! Ko'p gumonlardan chetda bo'linglar, chunki ba'zi gumonlar gunohdir..» Hujurot surasi, 12 oyat.

 So'zlarning eng yolg'oni deb sifatlangan gumon haqida mushkullik yuzaga keldi. Shu bilan birga gumonga suyanmay atayin aytilgan yolg'on, gumonga suyanib aytilgan yolg'ondan ko'ra yomonroqdir.  Sohibini u sababidan zalolatga ketishi ko'proqdir. Uning nasfga qoldirgan izi ataylab aytilgan yolg'onning izidan kattaroqdir. Shkningdek, odamlar orasida qoldiradigan izi ham kattadir.

2-Birovning aybini ahtarish va josuslik qilish. Gumon qilishdan ogohlantirishdan so'ng bu ikkisining zikr qilinishi juda ham o'rinlidir. Chunki gumon qiluvchi aytadiki: "Haqiqatni bilish uchun tekshiryapman", deb, u odamga ham "Josuslik qilma" deyiladi.   Josuslik qilishlikdan faqat biror kishini halokatdan qutqarib qoladigan holat bo'lsagina qaytarilmaydi. Masalan biror ishonchli kishi bir kishini falonchi zulm qilib o'ldirmoqchi desa bu holatda shariat uni qidirib, josuslik qilishga ruhsat beradi.

3-biror narsani faqat o'ziniki bo'lishga oshiqish. Masalan savdo sotiq ishlarida kuzatiladigan holatlar kabi.

4-bir-biringizga hasad qilmang. Hadisning zohiri ikki kishi tarafidan baravar sodir bo'ladigan hasaddan nahiy qilmoqda. Lekin bu nahiy ikki va undan kishini o'zi bilan cheklanib qolmaydi. Garchi bir kishi hasad qilsa ham bu mazammat qilinadi,  uni qilishdan qaytariladi. Farqi yo'q, hasadning sababi birovga berilgan ne'matni yomon ko'rish bo'ladimi, yoki o'sha ne'matni hasadchiga o'tib qolishini xohlash bo'ladimi  barobar. O'sha narsaga erishadimi yo'qmi bu ham teng. Agar bu maqsadga erishish uchun harakat qilsa bog'iy bo'ladi. Agar ojizligi uchun harakat qilmasa bu gunoh bo'ladi. Agar taqvo qilib harakat qilamasa, uzr bo'ladi. Chunki u nafsidagi yomon ruhiy holatini daf qilolmaydi. Unga nafsiga qarshi kurashishi etarli bo'ladi.

“Uch narsadan mening ummatim hanuz qutula olmaydi. Ular: xasad, badgumonlik va irimdir. Shu narsalardan qutulish yo'li shuki, hasad qilsangiz zulmga o'tmang. Gumonu shubha qilsangiz, uni xaqiqat hisob qilib unga asosan ish tutmang. Biror irim qilinadigan narsaga duch kelsangiz, Allohga tavakkul qilib, yo'lingizda va ishingizda davom etavering!”.

5-Bir-biringizga g'azab qilmang. Buni ham ikki kishi tarafidan sodir bo'lishi shart emas. Alloh taolodan boshqasi uchun g'azablanish mazammat qilingan ishlardandir. Ammo bir kishiga Allohga isyon qilayotgani uchun g'azab qilish vojib va bunga savob ham oladi.

6-bir-biridan orqa o'girish bu, bir kishiga dushmanligi uchun, haqorat qilgani uchun, yordam bermagani uchun, o'zboshimchalik qilgani uchun, tortishib qolgani uchun yoki salom bermagani uchun orqa o'girishdir.

7-Allohning bandalari birodar bo'linglar. Ya'ni qondosh aka-ukalardek bo'linglar. Bu buyruq shafqat, rahmat, muhabbat, hamdarlik kabi birodarlik talab qiladigan barcha yaxshi hislatlarni o'z ichiga olgan. Sizlar Alloh taologa Banda bo'lishlikda barobarsiz va bir millat qilingansiz. Va kimning ishi mana shunday bo'lsa, undan inkor qilinadigan ishlar sodir bo'lmagan bo'ladi. Ular huddi qondosh aka-ukalardek bo'lishlari vojib bo'ladi.

 

 

“Hadis va islom tarixi fanlari” kafedrasi mudiri F.Homidov

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

OITSdan saqlanishning oson-ishonchli yo‘li

10.01.2025   513   4 min.
OITSdan saqlanishning oson-ishonchli yo‘li

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.


"Alloh sizdan yengillatmoqni iroda qiladir. Va inson zaif yaratilgandir".

Insonni Alloh taoloning O‘zi yaratgan. U Zot O‘z bandasining xususiyatlarini yaxshi biladi. Shuning uchun ham insonga faqat Alloh taoloning ko‘rsatmalarigina to‘g‘ri kelishi mumkin. Ushbu oyatda Alloh taolo insonning zaif holda yaratilganini ta’kidlamoqda. Yaratuvchining O‘zi «zaif yaratilgan», deb turganidan keyin, shu zaif insonga yo‘l ko‘rsatishda U Zot og‘irlikni xohlarmidi? Yo‘q, U Zot yengillikni xohlaydi.

Islom shariati, umuman, yengillik ustiga bino qilingandir. Bu haqda ko‘plab oyat va hadislar bor. Hammasi o‘z o‘rnida bayon qilinadi. «Niso» surasining boshidan muolaja qilib kelinayotgan masalalar, xususan, erkak va ayol, oila, nikoh masalasiga kelsak, ushbu oyatda bu masalalarda ham Alloh O‘z bandalariga yengillikni istashi ta’kidlanmoqda. Zohiriy qaralganda, diniy ko‘rsatmalarni bajarish qiyin, shahvatga ergashganlarning yo‘llarida yurish osonga o‘xshaydi. Islomda hamma narsa man qilingan-u, faqat birgina yo‘lga ruxsat berilganga o‘xshaydi. «Nomahramga qarama», «U bilan yolg‘iz qolma», «Uylanmoqchi bo‘lsang, oldin ahlining roziligini ol», «Mahr ber», «Guvoh keltir» va hokazo. Hammasi qaydlash va qiyinchilikdan iborat bo‘lib tuyuladi. Shahvatga ergashganlar esa «Yoshligingda o‘ynab qol, gunoh nima qiladi», deyishadi. Bu esa sodda va oson ko‘rinadi. Haqiqatda esa unday emas. Natijaga qaraganimizda bu narsa yaqqol ko‘zga tashlanadi. Dunyo tarixini kuzatadigan bo‘lsak, oila masalasiga yengil qaragan, jinsiy shahvatga berilgan xalqlar, davlatlar va madaniyatlar inqirozga uchragan. Qadimiy buyuk imperiyalarning sharmandalarcha qulashining asosiy omillaridan biri ham shu bo‘lgan.

Bizning asrimizga kelib, G‘arbda, o‘zlarining ta’biri bilan aytganda, jinsiy inqilob bo‘ldi. Jins borasida olimlar yetishib chiqdilar. Ular «Jinsiy hurriyat bo‘lmaguncha, inson to‘liq hur bo‘la olmaydi. Agar jinsiy mayllar jilovlansa, insonda ruhiy tugun paydo bo‘lib, unda qo‘rqoqlik va boshqa salbiy sifatlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi», kabi g‘oyalarni tarqatishdi. Oqibatda jinsiy inqilob avjiga chiqdi.

Natijasini – har xil balo-ofatlar buhronini hozir o‘zlari ko‘rib-tatib turishibdi. Axloqiy buzuqlik, oilaning va jamiyatning parchalanishi, hayotga qiziqishning yo‘qolishidan tashqari, son-sanog‘iga yetib bo‘lmaydigan muammolar paydo bo‘ldi. Jinsiy inqilob oqibatida taraqqiy etgan g‘arb davlatlarining tub aholisi dahshatli sur’atda kamayib bormoqda. Ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan tanosil kasalliklari kelib chiqdi, har yili son-sanoqsiz odamlar shu kasalliklardan o‘lmoqda. Nasl buzilib, odamlari zaifhol va kasalmand bo‘lib bormoqda. Turli aqliy va ruhiy kasalliklar urchidi. Oxiri kelib, kasalliklarga qarshi insondagi tabiiy monelikning yo‘qolishi (OITS) kasalligi paydo bo‘ldi. Bu kasallik haqli ravishda, XX asr vabosi deb nomlandi. Uning davosi yo‘q. Bu dardga chalinishning sababi zinodir. U bilan kasallangan odam tez muddatda o‘ladi. Hamma dahshatda. Bu dardga chalinmaslikning yo‘llari axtarilmoqda, bu yo‘lda behisob mablag‘lar sarflanmoqda, mazkur vaboga chalinmaslikning turli choralari taklif etilmoqda. Qonunlar chiqarilmoqda, idoralar ochilmoqda.

Lekin shahvatga ergashganlari sababli ular eng oson, eng ishonchli bitta yo‘l – Allohning yo‘liga qaytishni xayollariga ham keltirishmayapti. Aqalli ushbu dardning bevosita sababchisi bo‘lmish zinoni man etuvchi qonun chiqarishni hech kim o‘ylab ham ko‘rmayapti. Chunki shahvatga ergashganlar shahvatga qarshi chiqa olmaydilar. Ularning o‘zlari shahvatga banda bo‘lganlari uchun unga ergashganlar. O‘zlarini zohiriy yengil ko‘ringan ishga urib, endi og‘irlikdan boshlari chiqmay yuribdi. Zohiriy og‘ir ko‘ringan bo‘lsa ham, Alloh ko‘rsatgan yo‘lga yurgan bandalar boshida mazkur og‘irlik va mashaqqatlarning birortasi ham yo‘q. Ular mutlaq yengillikda, farovon turmush kechirmoqdalar.

"Tafsiri Hilol" kitobidan

Maqolalar