Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Yanvar, 2025   |   8 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:35
Asr
15:30
Shom
17:14
Xufton
18:33
Bismillah
08 Yanvar, 2025, 8 Rajab, 1446

AQShda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid barpo etiladi

31.05.2021   1304   3 min.
AQShda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid barpo etiladi

O'zbekistonning N'yu-Yorkdagi (AQSh) Bosh konsulxonasi vakillari Ogayo shtatining Sinsinnati shahrida istiqomat qiluvchi vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabuli o'tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Tadbir davomida zarur huquqiy-konsullik maslahatlari berilib, hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi tushuntirildi. Shuningdek, vatandoshlarimizga 10 dan ortiq interaktiv va axborot konsullik xizmati olish imkonini beruvchi consulate.mfa.uz veb-portali konsullik xizmatlari taqdim etildi.

Diplomatlar yurtdoshlarimizga respublikada siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar va o'zgarishlar haqida ma'lumot berdi. Mamlakat rahbariyati tomonidan xorijda mehnat faoliyati bilan shug'ullanayotgan fuqarolarga har tomonlama yordam ko'rsatish, shuningdek, o'zbek muhojirlari salohiyatini mamlakatimiz taraqqiyoti jarayonlariga keng jalb etish borasida ko'rilayotgan chora-tadbirlarga alohida e'tibor qaratildi.

Bosh konsulxona vakillari «Hamkor Uz Cincinati Association» o'zbek diasporasi tashkiloti rahbariyati va faollari bilan ham muzokaralar o'tkazdi. O'zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag'ishlangan bayram tadbirlarini o'tkazish bilan bog'liq tashkiliy masalalar muhokama qilindi. Milliy bayramlar va respublikamizda o'tayotgan muhim ijtimoiy-siyosiy voqealar munosabati bilan birgalikda tadbirlar tashkil etish to'g'risida o'zaro kelishuvga erishildi. Tomonlar Amerika jamoatchiligi orasida o'zbek xalqining boy tarixiy-madaniy merosi haqida ko'proq ma'lumot tarqatishga qaratilgan qo'shma sa'y-harakatlar rejasini ishlab chiqishga qiziqish bildirdi.

Muloqot davomida Bosh konsulxona delegatsiyasi Sinsinnati shtatida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi O'zbekiston jome' masjidi qurilishiga tayyorgarlik ishlarining borishi bilan ham tanishdi. «Hamkor Uz Cincinati Association» mulki o'laroq 8665 State Route 48, Maineville, Ohio 45039 manzilida joylashgan 2,7 gektar maydon ko'zdan kechirildi.

Ayni paytda «Hamkor Uz Cincinati Association» o'zbek diasporasi tashkiloti Ogayo shtatining arxitektura va qurilish kompaniyalari o'rtasida qurilajak binoni loyihalash va dizayn smetalarini tayyorlash bo'yicha tanlov e'lon qilgan. Majmua hududida 600-700 kishiga mo'ljallangan ibodat uchun asosiy bino, tahorat olish xonalari va boshqa maxsus yordamchi inshootlar va 100 dan ortiq avtomobil' uchun to'xtash joyi barpo etiladi. Shuningdek, majmuada «Hamkor Uz Cincinati Association» o'zbek diasporasi vakolatxonasi hamda o'zbek tili va adabiyoti, odobnoma va boshqa fanlar bo'yicha vatandoshlarimiz farzandlari o'qiydigan sinf xonalari joylashadi.

Loyiha Amerika Qo'shma Shtatlarida yashovchi vatandoshlar tomonidan amalga oshiriladigan ehson mablag'lari hisobiga moliyalashtiriladi.

«Hamkor Uz Cincinati Association» rahbariyatiga vatandoshlarimizning Sinsinnati shahrida o'zbek masjidini qurish bo'yicha tashabbusi O'zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan olqishlanishi va bu masala yuzasidan respublika diniy idorasi diaspora tashkiloti bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo'lga qo'yishga tayyorligi ma'lum qilindi. Masjid qurilishi yakunlangach, O'zbekiston musulmonlari idorasi respublika imom-xatiblaridan birini ushbu maskanda diniy xizmatlarni bajarishga yuborish masalasini ko'rib chiqishga tayyorligi ham qayd etildi.

Amerika Qo'shma Shtatlarida vatandoshlarimiz bolalarni o'qitish uchun besh jildli «O'zbek tilining izohli lug'ati» kitobi, ushbu olis diyorda O'zbekistonning sayyohlik salohiyatini targ'ib qilishga qaratilgan taqdimot materiallari va milliy ramzlar «Hamkor Uz Cincinati Association» o'zbek diasporasiga topshirildi.

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Uchtepa tumanida "Jaholatga qarshi ma’rifat" shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi

8.01.2025   670   1 min.
Uchtepa tumanida

Bugun 2025 yil 8 yanvar kuni Toshkent shahar, Uchtepa tumani "Vatan" tantanalar majmuasida "Jaholatga qarshi ma’rifat" nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, aholi vakillari, yoshlar va xotin-qizlar ishtirok etib, islom dini ezgulik, tinchlik va insoniylik dini ekani, fazilatlar, azaliy qadriyatlar ifodasi ekanligini targ‘ib qilish, yosh avlodga milliy qadriyatlarimiz, an’analarimizni to‘g‘ri tushuntirish, yurtimiz tinchligini asrash, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida fikrlar bildirildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Uchtepa tumanida Uchtepa tumanida Uchtepa tumanida Uchtepa tumanida Uchtepa tumanida Uchtepa tumanida
MAQOLA