Reuters agentligining xabar berishicha, shahar markazida joylashgan Taksim diniy maskani qurilishi 2017 yil fevralda boshlangan edi.
Erdo'g'on masjidning ochilish marosimida ishtirok etar ekan, ushbu voqea turklar uchun unutilmas kun bo'lishini aytdi va u xalqi bilan birga juma namozini ado etdi.
Mamlakat rasmiylari Twitter sahifasida 1994 yil Erdo'g'on Istanbul hokimi bo'lganida olingan videoni namoyish qilgan. O'shanda u bino tepasida turib, masjid quraman degandi. Qolaversa, loyiha tarafdorlari shahar markazida musulmonlar uchun ibodat joylari etarli emasligini ta'kidlashgan.
O'zA
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Duoning eng yaxshisi arafa kunidagi duodir. Men va mendan oldingi Payg‘ambarlar aytgan so‘zning eng yaxshisi "Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ’ala kulli shayin qodiyr" deb aytishdir", deganlar.