Birlashgan Arab Amirliklari prokuraturasi mahalliy aholiga jodugarlik amaliyoti uchun jinoiy jazo berilishini eslatdi. Jumladan, unda BAAning Jinoyat kodeksiga zid bo'lgan qora sehrni targ'ib qilish yoki bunday faoliyatni amalga oshirishda har qanday yordamning yo'l qo'yilmasligi haqida boradi.
Qonunga ko'ra, shariat qonunlariga zid bo'lgan, o'zgalarning tanasi, qalbi, aqli yoki irodasiga bevosita yoki bilvosita, xoh real, xoh xayoliy tarzda ta'sir etish maqsadida qilingan har qanday so'z yoki harakatlar jodugarlik deb e'tirof etiladi.
Islam.ru xabariga ko'ra, ularning imoniga, aqliga ta'sir qilish yoki foyda olish maqsadida ularni haqiqatda mavjud bo'lmagan narsalarni ko'rishga undash maqsadi bilan optik illyuziya va odamlarning ongi va qalbini nazorat qilishga urinishni o'z ichiga oluvchi har qanday harakat qora sehr, deb tushuniladi. Bundan tashqari, odamlardan foyda olish uchun oldindan ko'rish va bashorat qilish, sirlarni bilish qobiliyatiga egalikni da'vo qilish ham jazolanadi.
Qonunda aytilishicha, sehrgarlik yoki qora sehrgarlik bilan shug'ullanuvchi har bir kishi qamoq jazosi va kamida 50 ming dirham (13.6 ming AQSh dollari) jarimaga tortiladi. Qamoq jazosini o'tash natijasida xorijliklar ham vataniga deportatsiya qilinadi. Barcha hollarda sud jodugarlik amaliyoti bilan shug'ullanish uchun buyumlarni musodara qilish to'g'risida hukm chiqaradi.
Qonunda bunday harakatlarda ishtirok etganlar va ularni amalga oshirishda yordam ko'rsatganlarning barchasi uchun ham javobgarlik belgilangan, deb xabar bermoqda Gulf News nashri.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Muhyiddin ibn Arabiy aytadilar: “Kimning qanday hojati bo‘lsa, shom namozining farz va sunnatini o‘qib bo‘lganidan keyin o‘rnidan turmasdan Fotiha surasini 40 marta o‘qisin. Shundan keyin, Allohdan hojatini so‘rasin, albatta so‘ragan narsasini beradi. Biz buni tajriba qilib ko‘rdik va foydasini topdik. Fotiha surasini o‘qib bo‘lganidan so‘ng ushbu duoni o‘qiydi: “Allohim! Sening ilmingni o‘zi Sendan so‘ramaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan O‘zing so‘rovimga kifoya qil. Sening karamingni o‘zi Senga so‘zlamaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan so‘zimga kifoya qil va qalbimdagi tilagimni hosil qil”.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV