Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Iyun, 2025   |   11 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:50
Peshin
12:27
Asr
17:36
Shom
19:57
Xufton
21:34
Bismillah
07 Iyun, 2025, 11 Zulhijja, 1446

Qabul 2021-2022: Diniy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari qaysi fanlardan bo'ladi?

28.05.2021   11300   2 min.
Qabul 2021-2022: Diniy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari qaysi fanlardan bo'ladi?

Joriy 2021–2022 o'quv yili uchun kirish imtihonlari quyidagi fanlar bo'yicha o'tkazish reja qilinmoqda:

Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasiga:

– Fiqh va aqoid (test sinovi) 30 H 3,1 – 93 ball;
– Arab tili (og'zaki, ijodiy imtihon) 30 H 2,1 – 63 ball;
– O'zbekiston tarixi (test sinovi) 30 H 1,1 – 33 ball.

Hadis ilmi maktabiga:

– Hadis va Mustalahul hadis (og'zaki, ijodiy imtihon) 30 H 3,1 – 93 ball;
– Arab tili (og'zaki, ijodiy imtihon) 30 H 2,1 – 63 ball;
– O'zbekiston tarixi (test sinovi) 30 H 1,1 – 33 ball.

O'rta maxsus diniy ta'lim muassasalariga:

– Horijiy til (test sinovi) 30 H 3,1 – 93 ball;
– Tarix (test sinovi) 30 H 2,1 – 63 ball;
– Ma'naviyat va ma'rifat (test sinovi) 30 H 1,1 – 33 ball.

Ma'lumot uchun, o'tgan yili yurtimizda pandemiya sabab O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o'rta maxsus diniy ta'lim muassasalarida qabul imtihonlari 3 ta fandan ikkitaga qisqartirilgan edi. Unga ko'ra Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasiga kirish uchun “O'zbekiston tarixi” va “Fiqh va aqoid” fanlari, Hadis ilmi maktabida “O'zbekiston tarixi” va “Hadis va Mustalahul hadis” fanlaridan, shuningdek, o'rta maxsus islom ta'lim muassasalariga “Tarix” va “Horijiy til”bo'yicha test sinovlari o'tkazilgan edi.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi Ta'lim va ilmiy-tadqiqotlar bo'limi

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

HAMDARDLIK BILDIRAMIZ

06.06.2025   10171   1 min.
HAMDARDLIK BILDIRAMIZ

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Kotibiyat mas’ul xodimi Muhammadamin qori Xoliqovning padari buzrukvori vafoti munosabati bilan u kishining yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.

Oxirat safariga kuzatilgan otaxon el koriga yaraydigan, dinu diyonat yo‘lida xizmat qiladigan farzand va nevaralarni o‘stirdilar, chiroyli tarbiya qildilar.

Alloh taolo marhum otaxonning barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin. Haq taolo marhum otaxonning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan Muhammadamin qori Xoliqovga, u kishining oila a’zolari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.

«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
 

Yangiliklar