O'zbekistonning Malayziyadagi echixonasi Imom Buxoriy xalqaro tadqiqotlar markazi direktori Shovosil Ziyodov Malayziya Islom tsivilizatsiyasi instituti (MITsI) direktori Fariza Shom bilan onlayn muzokara o'tkazib, unda hamkorlik va bo'lajak qo'shma tadbirlar masalalari muhokama qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" axborot agentligi.
Onlayn uchrashuvda Malayziya tomoni Imom Buxoriy markazining faoliyati, buyuk islom ilohiyotchisi va musulmon olamining ilm-fan va falsafa rivojiga katta hissa qo'shgan boshqa mutafakkirlarining boy merosini tadqiq etish va keng yoyish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va loyihalar bilan tanishtirildi.
Tomonlar hamkorlikni yo'lga qo'yish, ilmiy adabiyotlar, ikki muassasa kutubxona va arxivlarida saqlanayotgan qo'lyozmalarning elektron nusxalarini almashish, jumladan, ilmiy xodimlar stajirovkasi va ilmiy loyihalar natijalarini chop etish orqali anjuman va seminarlar tashkil etish, qo'shma tadqiqotlar o'tkazish borasida qiziqish bildirishdi.
Bundan tashqari, hamkorlik doirasida joriy yil 31 may kuni Malayziya Respublikasi elchixonasi bilan hamkorlikda O'zbekiston islom san'ati onlayn-ko'rgazmasiga bag'ishlangan vebinar o'tkazish muhokama qilindi.
Vebinar Malayziya ilmiy-akademik jamoatchiligini mamlakatimizning boy merosi, islom madaniyatining haqiqiy qadriyatlari bilan tanishtirib, O'zbekiston hunarmandlarining san'at, musiqa va ijod prizmasi orqali Imom Buxoriy asarlarini targ'ib qilinadi.
Muzokaralar natijasida hamkorlikni rivojlantirish va loyihalarni amalga oshirish bo'yicha takliflar almashish hamda hamkorlik memorandumi loyihasini ishlab chiqish bo'yicha kelishuvga erishildi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bilasizmi? Silikat moddasiga boy bo‘lgan tuproqqa dafn qilingan insonning skeleti vaqt o‘tishi bilan tosh va xarsangga aylanadi.
Agar u pirit (temir sulfidi) moddasiga boy mintaqaga dafn qilinsa, unday jasad temir haykalga aylanib qolishi mumkin!
Bu ilmiy haqiqat yaqinda aniqlangan bo‘lsa-da, Qur’onda bu haqida 1445 yil oldin hayratlanarli tarzda juda aniqlik bilan bayon etilgan. Qur’onda bunday deyilgan:
وَقَالُوا أَإِذَا كُنَّا عِظَامًا وَرُفَاتًا أَإِنَّا لَمَبْعُوثُونَ خَلْقًا جَدِيدًا
"Ular: “Biz suyaklarga va chang- tuproqlarga aylanib ketganimizdan keyin ham, yangitdan tiriltirilamizmi?” dedilar. “Sen ularga, toshga yoki temirga aylaninglar”, deb ayt"
(Isro surasi, 50-oyat).
Bu oyat yaqin yillarda kashf etilgan — suyaklari toshga aylangan yoki temir haykalga aylangan qazilmalarga ochiq va ravshan ishora qilmoqda. Go‘yoki Qur’onda xabar berilgan ushbu dalillar olimlar kashf qilishlarini uzoq asrlardan beri kutib yotgandek.
Shunday ekan, aqlli inson bunday ochiq-oydin va ravshan mo‘jizani qanday inkor qila oladi? Qur’onning bu mo‘jizasi kunduzdagi quyoshdek ravshan emasmi?
Homidjon domla ISHMATBЕKOV