Alloh taoloning inoyati bilan O'zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi, yaxshi insonlar sharofati natijasida “Toshkent–Termiz” – M-39 avtomagistral yo'lining Jizzax viloyati Paxtakor tumani “Buyuk ipak yo'li” qishlog'i hududidan o'tuvchi katta magistral yo'l yoqasidagi 70 sotox er maydonida hamda “Toshkent–Andijon–Farg'ona–Namangan” A-373 xalqaro avtomobil yo'lining Angren shahar “Yoshlik” mahallasi hududidan o'tuvchi katta magistral yo'l yoqasidagi 70 sotox er maydonida barcha qulayliklarga ega bo'lgan ikkita zamonaviy yo'lovchi jome masjidlar quriladi.
Hozirda har ikki masjidni qurish bo'yicha tuman va shahar hokimlik qarorlari chiqardi va smeta loyiha ishlari boshlab yuborildi.
Ushbu masjidlar yurtimiz va xorijlik mo'min-musulmonlarning ibodatlarini to'kis ado etishi, ziyorat turizimining yanada taraqqiy etishiga katta xizmat qiladi, inshoalloh!
Alloh taolo yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xayrli ishlarga fayzu-futuh ato etib, ilohiy barakotini ziyoda qilsin!
O'zbekiston musulmonlari idorasi
masjidlar bo'limi