frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Besh mo''tabar matn

27.05.2021   3339   4 min.
Besh mo''tabar matn

Hanafiylik mazhabida to'rt mo''tabar fiqhiy matn – kitob bor bo'lib, ular “Muxtasari Quduriy”, “Viqoya”, “Kanzud daqoiq” va “Muxtor” deb ataladi. Ular “To'rt matn” nomi bilan mashhur.  Aĭrim olimlar bular safiga “Majma'ul bahraĭn” asarini ham qŭshadilar. Shu bilan ular “Mutuni xamsa” (“Besh tamatn”) deb nomlanadi.

  1. MuxtasariQuduriy”.Abul Husaĭn Ahmad ibn Muhammad Quduriĭ Bag'dodiĭ (972–1037) asari bŭlib, u hanafiĭlik mazhabidagi fiqhiĭ matn kitoblari ichida eng e'tiborlisidir. Asarda 12 000 ta fiqhiĭ masala zikr qilingan. “Muxtasari Quduriĭ ”ga juda kŭp sharhlar, hoshiyalar bitilgan.
  2. Viqoya”.Ushbuasarning tŭliq nomi “Viqoyat ar-rivoya fi masoil al-Hidoya” bŭlib, u “Muxtasari Viqoya” sohibining bobosi Burhonush shari'a Mahmud ibn Sadrush shari'a Ahmad Mahbubiĭ (vaf. 1232) qalamiga mansub bŭ lib, musannif buxorolik bŭlgan. “Viqoya” asari Ubaĭdulloh ibn Mas'ud Mahbubiĭ tomonidan qisqartirilib, “Muxtasari Viqoya” nomli asar bitilgan. “Muxtasari Viqoya” hozirgacha ahamiyatini ĭŭqotmagan.
  3. “Kanzud daqoiq”.Hofiziddin Abul Barakot Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud Nasafiĭ (1232– 1310) qalamiga mansub ushbu kitobning tŭliq nomi “Kanzud daqoiq fi ilm al-furu'” bŭlib, fiqhiĭ kitoblar orasida ŭziga xos ŭringa ega. “Kanzud daqoiq”da boshqa fiqhiĭ matn kitoblarida uchramagan mavzular, jumladan, faroiz – meros huquqi kabilar ham bor. “Kanzud daqoiq” asari asrlar davomida madrasalarda darslik sifatida ŭqitib kelingan. Shuning uchun unga ŭnlab sharh, hoshiyalar bitilgan. “Kanzud daqoiq” ba'zi fiqhiĭ asarlarda qisqartirilib, “al-Kanz” deb yuritiladi.
  4. “Muxtor”.Abul Fazl Majdiddin Abdulloh ibn Mahmud Mŭvsiliĭ (1202–1284)ning “al-Muxtor fi furu' al-hanafiya” ëki “al-Muxtor li-l-fatvo” nomli asari. Muallif ŭz asarini ŭzi “al-Ixtiyë r li-ta'lil al-Muxtor” nomi bilan sharh qilgan bŭlib, matn tuzishda faqat Imomi A'zam Abu Hanifaning fiqhiĭ qarashlarini ixtiyër qilganligi sababli shu nomni tanlaganini zikr qiladi.
  5. Majma'ulbahrayn”.Tŭliq nomi “Majma'ul bahraĭn va multaqiĭ an-nahraĭn fi furu' al-hanafiya” deb atalgan asarni Muzaffariddin Ahmad ibn Ali ibn Sa'lab ibn Saotiĭ Bag'dodiĭ Ba'labakkiĭ Hanafiĭ (vaf. 1294) ëzgan. Mazkur asar tŭrtta mŭ'tabar fiqhiĭ matnning biri sifatida ham qadrlangan. “Majma'ul bahraĭ n” Abul Husaĭ n Quduriĭ ning “Muxtasar” hamda Abu Hafs Nasafiĭ (1068– 1142) qalamiga mansub “Manzuma” asarlari asosida tartib beril gan hanafiĭ likdagi mŭ'tabar fiqhiĭ matn kitobi hisoblanadi5.

 Sodda, mŭ'jaz, ëdlashga oson bŭ lgani uchun unga ahli ilmlar katta e'tibor berib, ŭnlab sharhlar ëzilgan. Muallifning Fotima ismli qizi otasidan ilm ŭrganib, otasining ushbu “Majma'ul bahraĭn” asariga chiroĭli “ta'liqot” (qŭshimcha izohlar) bitgan.

Besh mŭ'tabar fiqhiĭ kitoblarning arabcha matnlari dunë bŭĭlab bir necha marta nashr qilingan. Hanafiĭlik fiqhidagi eng asosiĭ manbalar bŭlmish ushbu asarlar orasida birortasi hozirgacha ŭzbek tiliga tar jima qilinmagan.

Hamidulloh AMINOV,

 tarix fanlari nomzodi

“Hidoyat” jurnalining 4-sonidan

MAQOLA
Boshqa maqolalar

Ikki ulug‘ ne’mat

14.08.2026   47532   3 min.
Ikki ulug‘ ne’mat

#Mustaqillikning 35 yilligi

 

Mustaqilligimizning 35 yillik to‘yi yaqinlashib, joylarda bayram shukuhi keza boshladi. Bundan dilda shukronalik hissi ortmoqda.

Tarixga nazar tashlansa, hamma davrda ham davlatning rivojlanishi, taraqqiy topishi jamiyatning farovon va osoyishta hayot kechirishiga bog‘liqligi ayon bo‘ladi.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam tinchlik-xotirjamlik eng katta ne’mat ekanligini ta’kidlab, bunday deganlar: “Ikki ne’mat borki, ko‘pchilik insonlar uning qadriga yetmaydi. Ular xotirjamlik va sihat-salomatlik” (Imom Buxoriy rivoyati).

Demak, tinchlik va xotirjamlik Alloh ta’oloning behisob bo‘lgan buyuk ilohiy ne’matlaridan. Shunday ekan, tinchlikning qadriga yetib, uning shukrini ado etish insonning burchlaridandir. Zero, hayotning bir maromda davom etishi, Haq taolo buyurgan ishlar xotirjam ado etilishi uchun ham osoyishtalik lozim bo‘ladi. Alloh taolo ham: “Ey, imon keltirganlar! Yoppasiga tinchlik ishiga kirishingiz!” deya buyuradi (Baqara surasi, 208-oyat). Tinchlik, salimlik mavzusi o‘ta muhim bo‘lgani bois Qur’oni karim oyatlaridan o‘rin olgan. Zotan, arab tilidagi “salm”, “silm”, “salom”, va “islom” so‘zlari bir o‘zakdan chiqqan, turli ma’nodagi so‘zlar bo‘lsada, aynan bir maqsadga yo‘naltirilgandir.

Bandaga berilgan ne’matlarning qadriga yetishda va uni asrashda, bizga payg‘amlarlarning otasi bo‘lgan, Ibrohim alayhissalom o‘rnak bo‘lib kelgan. U zot o‘z davrida Makkaga tinchlik, uning ahliga rizq so‘ragani so‘zimizning yorqin misolidir: “Ibrohim: “Ey, Rabbim, bu (Makka)ni tinchlik shahri qilgin va uning aholisidan Allohga va oxirat kuniga ishonuvchilarga (turli) mevalardan rizq qilib bergin” dedi” (Baqara surasi,126-oyat).

Alloh taolo bu orqali Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni o‘tgan payg‘ambarlar hayotidan xabardor qilish barobarida, ular so‘ragan narsalarni ham bildirib, shunga chaqirgan.

Bu ne’atlar bardavom bo‘lishi uchun ham insondan shukr va qadrlash talab etiladi. Tinchlik hukm surib turgan joyga yana tinchlik so‘rab duo qilish esa, muqaddas dinimiz buyuradigan ishlardan. Shunday ekan, inson kim bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘zi yashab turgan, Alloh ne’mat qilib bergan Vatani, uning zilol suvlari, havosi, nozi ne’matlari va boshqa barcha sharoitlariga shukr qilib, uni ziyoda bo‘lishini so‘rab duo qilishi lozim.

Bugun dunyoda tinchligi, xotirjamligini yo‘qotganlar qancha. Bularni ko‘rib, eshitib turganlar ibrat olib, xulosalar chiqarib, o‘zlari uchun in’om qilingan tinchlik va xotirjamlikni qadrlab, asrab avaylashi lozim.

Yurtimizda hukm surayotgan tinchlik, xotirjamlikni saqlash, uni turli xil g‘arazli xuruj, hamlalardan, fitna va bo‘htonlardan himoya qilish, g‘arzli va manfur kimsalarning makrlariga uchmasdan, yosh avlodni ham ulardan xabardor qilib, islom ta’limotining ezgu g‘oyalarini keng targ‘ib etish har birimizning burchimizdir. Bu xususida Alloh taolo bunday degan: “Ezgulik va taqvo (yo‘li)da hamkorlik qilingiz, gunoh va adovat (yo‘li)da hamkorlik qilmangiz! Allohdan qo‘rqingiz! Albatta, Alloh azobi qattiq zotdir” (Moida surasi, 2-oyat).

Xulosa qiladigan bo‘lsak, dinimizning tinchlik va xotirjamlikka bo‘lgan e’tibori nechog‘lik katta, hamda bag‘rikenglik uning negizi ekani yaqqol namoyon bo‘ladi. Inson o‘zidagi ne’matning qadrini uning ustida mulohaza yuritish, shu ne’matdan o‘zgalar ham bahramand yoki bebahra ekanini o‘ylab ko‘rish bilan biladi. Bu esa Allohga yanada ko‘proq shukr qilishga undaydi.

Ne’matning bardavom bo‘lishi, uning shukri ado etilishiga ham bog‘liq. Yoshi ulug‘ nuroniy otaxon va onaxonlarimiz ushbu ikki ulug‘ ne’matning mustahkamligini so‘rab duo qilishlari shundan. Alloh taolo yurtimiz tinchligi va xotirjamligini barqaror, bardavom, xalqimiz hayotini bundan-da farovon qilsin.

Isomiddin AHROROV