frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

2. BAQARA SURASI, 258 OYaT

26.05.2021   11587   3 min.
2. BAQARA SURASI, 258 OYaT

أَلَمۡ تَرَ إِلَى ٱلَّذِي حَآجَّ إِبۡرَٰهِ‍ۧمَ فِي رَبِّهِۦٓ أَنۡ ءَاتَىٰهُ ٱللَّهُ ٱلۡمُلۡكَ إِذۡ قَالَ إِبۡرَٰهِ‍ۧمُ رَبِّيَ ٱلَّذِي يُحۡيِۦ وَيُمِيتُ قَالَ أَنَا۠ أُحۡيِۦ وَأُمِيتُۖ قَالَ إِبۡرَٰهِ‍ۧمُ فَإِنَّ ٱللَّهَ يَأۡتِي بِٱلشَّمۡسِ مِنَ ٱلۡمَشۡرِقِ فَأۡتِ بِهَا مِنَ ٱلۡمَغۡرِبِ فَبُهِتَ ٱلَّذِي كَفَرَۗ وَٱللَّهُ لَا يَهۡدِي ٱلۡقَوۡمَ ٱلظَّٰلِمِينَ٢٥٨

  1. (Ey Muhammad), AllohpodshohlikberganisababliIbrohimbilanParvardigorihaqidatortishgankimsaniko'rmadingizmi? Ibrohim: "MeningParvardigorimtiriltiradivao'ldiradi" deganidau: "Menhamtiriltiramanvao'ldiraman", dedi. Ibrohim: "Allohquyoshnialbattasharqdanchiqaradi, senunig'arbdanchiqar-chi!" dedi. Shundakofirdovdirabqoldi. Allohzolimlarnihidoyatgaboshlamaydi.

Ibrohim alayhissalom zamonlarida podshohlik qilgan Namrud ibn Kan'on o'z saltanatiga mag'rurlanib, kelganlarni o'ziga sajda qildirar edi. Ibrohim alayhissalom kelganlarida sajda qilmadilar. Namrud: "Nega menga sajda qilmading?" deb so'raganida: "Men Parvardigorimdan boshqaga sajda qilmayman", deb javob berdilar. U: "Men ham parvardigorman", dedi. Hazrati Ibrohim: "Bir tomchi suvdan paydo bo'lgan insonni parvardigor sanamayman, mening Parvardigorim o'ldiradi va jon ato qiladi", dedilar. Shunda Namrud zindonda yotgan ikki mahbusni oldirib kelib, hammaning oldida begunohini o'ldirdi, gunohkorini ozod qilib yuborgach: "Ko'rdingmi, men kimni xohlasam o'ldiraman, kimni xohlasam omon qoldiraman", dedi. Keyin hazrati Ibrohim podshoh agar shunchalik qudratli bo'lsa, unda Parvardigor sharqdan chiqarayotgan quyoshni g'arbdan chiqarishni buyurdilar. Kofir podshoh bunga qodir bo'lmagani uchun dovdirab, sarosimaga tushib sharmandasi chiqdi.

Tafsiri irfon
Boshqa maqolalar
Videolar

Diniy-ma’rifiy faoliyat uchun yangi bino topshirildi

11.08.2026   26950   1 min.
Diniy-ma’rifiy faoliyat uchun yangi bino topshirildi

 


11.08.2026

 

VIDEO