Halqaro gullar festivali doirasida Namangan shahridagi O'zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi galereyasida "Hindistonning yozma merosi: islom-hind xattotligida yozish san'ati" mavzusidagi ko'rgazmaning ochilish marosimi bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.
Marosimda viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, O'zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur va Hindiston elchisi Manish Prabhat, La'l Bahodur Shastri nomidagi Hindiston madaniyat markazi direktori Chandra Shekxar ishtirok etdi.
Galereyada 100 ga yaqin islom-hind xattotlik san'ati asarlari namoyish etilmoqda.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Cavol: Sajdai sahv qilish uchun salom berishda bir tomonga salom beriladimi yoki ikki tomongami?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Har ikkisi ham to‘g‘ri. Ya’ni namozxon sajdai sahv qilishda bir tomonga salom bersa ham, ikki tomonga salom bersa ham to‘g‘ri ish qilgan bo‘ladi. Chunki fuqaholarimiz har ikki holatni sahih — to‘g‘ri deb fatvo berishgan. Ayrim fuqaholar yolg‘iz namoz o‘qiyotgan kishi – ikki tomonga salom berishi, imom esa – bir tomonga salom berishi yaxshidir, deganlar. Chunki imom ikki tomonga salom bersa, ergashuvchilarning ba’zisi namoz tugallandi deb o‘ylab namozga zid hatti-harakat sodir etishi mumkin, deyishgan (“Durarul hukkam” kitobi). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.