Astronomlarning so'zlariga ko'ra, ertaga, 26-may kuni mahalliy vaqt bilan soat 12 dan 18 daqiqa o'tganda quyosh Katta masjiddagi Ka'ba bilan uyg'unlashadi, deb xabar bermoqda islam.ru.
Jidda Astronomiya jamiyati rahbari Majid Abu Zahroning aytishicha, quyosh diski bevosita Ka'baning ustida joylashgan bo'ladi va qisqa muddatga o'z soyasini yo'qotadi.
Astronomlar "nol' soya" deb nomlangan bu hodisa uning noyob geografik joylashuvi sababli Katta masjidda yilda ikki marta sodir bo'ladi, deyishmoqda.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati