Rejissyor Toshkentga tashrif buyurdi. O'z muxlislariga do'ppida tushgan fotosuratini qoldirib, qo'shni mamlakatga qilgan safarining sababini ochiqlamadi, deb xabar bermoqda 365info.kz.
Toshkentda Nurtas tarixiy masjid binolaridan hayratga tushib, O'zbekiston o'tgan ikki yil davomida ancha yaxshi tomonga o'zgarganini qayd etdi.
"O'zbekistonda tarixiy joylarga bo'lgan munosabat katta hurmat uyg'otadi. Suratda Aytekebi maqbarasi. Hudud toza, chiroyli panjara bilan o'ralgan. Barcha binolar mukammal holatda. Maqbaralar ichida turistlar uchun gilam, ko'rpacha bor. Yaqinida chiroyli minoralar qurilgan. Umuman, o'zbek qardoshlardan saboq olsa bo'ladigan ko'p narsalar bor, - deb yozadi Nurtas.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qur’oni karim va tajvidni o‘rgatish bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum o‘g‘li hamda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov Bekobod shahridagi Qur’on va tajvid markaziga tashrif buyurdilar.
Markaz ma’muriyati hamda u yerda ta’lim olayotgan tinglovchilar bilan bo‘lib o‘tgan suhbat har jihatdan samarali bo‘ldi. Xususan, uchrashuvda Shayx Alijon qori hafizahulloh Qur’oni karimni yodlash fazilatlari, bu borada yaratilgan shart-sharoitlarning qadriga yetish, shukrona keltirish, vaqtdan unumli foydalanish kabi mavzularda go‘zal mav’iza qilib berdilar.
Haqiqatan, Qur’oni karimni yodlash, oyatlar ma’no-mazmunlarini tafakkur va tadabbur qilish ibodat va chinakam saodatdir.
Usmon ibn Affon roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning yaxshilaringiz Qur’oni karimni o‘rgangan va o‘rgatganlaringizdir", deb marhamat qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).
Toshkent viloyati vakilligi
Matbuot xizmati