Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo'lsin.
Payg'ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo'lsin.
Aziz birodarim esingizda tuting solih amallar Alloh oldida qabul bo'lishi uchun ikki shart bor:
Birinchisi: Amalni yolg'iz Alloh uchun xolis qilish.
Ikkinchisi: Bu amalni bajarishda Rasulullohga ergashish.
Bu ikki shartning birortasi bo'lmasa Alloh bunday amalni qabul qilmaydi.
Nafl ro'za
Bilingki, Alloh taologa doim itoatli bo'lish va nafsni tarbiyalab borish siz-u bizdan har doim talab qilingan amaldir. Mana shu nafs tarbiyasi uchun Alloh taolo ibodatlarni yo'lga qo'ygan. Bu ibodatlarga qanchalik berilgan bo'lsangiz nafsingiz tarbiyasi shunchalik yuksaladi, qanchalik e'tiborsiz bo'lsangiz bu tarbiyadan uzoq bo'lasiz. Shuning uchun Alloh taolo uchun xolis toat ibodatda bo'lganlar eng qalbi yumshoq, solih insonlar bo'ladi. Ammo gunohlar va ma'siyatlar ahllari esa qalblari qattiq insonlar bo'lishadi.
Ro'za esa qalbni har-xil kasalliklardan tozalovchi amaldir. Shu sababli Ramazon oyi qalblarni tozalovchi oydir. Bu ro'zador uchun iymonga to'la qalb bilan chiqishi uchun oladigan ulkan foydasidur. Bu qalb uni boshqa amallarni bajarishga undaydi. Bu amallardan biri shavvol oyining olti kunida ro'za tutishdir.
Shavvol oyining olti kunida ro'za tutish fazilatlari:
Abu Ayyub Al-Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Kim Ramazon ro'zasini tutib, ketidan Shavvoldan olti kun ro'za tutsa, yil bo'yi ro'za tutgandek bo'ladi”- dedilar».
Muslim rivoyat qilgan.
Imom Navaviy rohimahulloh dedilar “Ulamolar dedilar: Bu narsa xuddi bir yil ro'za tutganga o'xshatildi, chunki bitta yaxshilik o'n barobariga ko'paytiriladi. Ramazon o'n oy savobiga teng va olti kun esa ikki oyga”. (Bu Nasaiy kitobida marfu' hadisda va Muslimning Navaviy sharhida kelgan).
Olti kun ro'zasining sifati
Imom Navaviy dedilar: “Ustozlarimiz aytdilarki: eng afzali Iyd Fitr kunidan keyin ketma-ket tutishlikdir, agar bo'lib tutsa yoki shavvol boshidan oxiriga kechiktirsa unga ketma-ketlik savobi bo'ladi, chunki u ramazonga shavvolni olti kunini ulagan bo'ladi.
Muslim rivoyati, Navaviy sharhi.
(Davomi bor)
Manba: islamtoday.net
Muhammadali tarjimasi
Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qur’oni karim va tajvidni o‘rgatish bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum o‘g‘li hamda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov Bekobod shahridagi Qur’on va tajvid markaziga tashrif buyurdilar.
Markaz ma’muriyati hamda u yerda ta’lim olayotgan tinglovchilar bilan bo‘lib o‘tgan suhbat har jihatdan samarali bo‘ldi. Xususan, uchrashuvda Shayx Alijon qori hafizahulloh Qur’oni karimni yodlash fazilatlari, bu borada yaratilgan shart-sharoitlarning qadriga yetish, shukrona keltirish, vaqtdan unumli foydalanish kabi mavzularda go‘zal mav’iza qilib berdilar.
Haqiqatan, Qur’oni karimni yodlash, oyatlar ma’no-mazmunlarini tafakkur va tadabbur qilish ibodat va chinakam saodatdir.
Usmon ibn Affon roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning yaxshilaringiz Qur’oni karimni o‘rgangan va o‘rgatganlaringizdir", deb marhamat qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).
Toshkent viloyati vakilligi
Matbuot xizmati