Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Iyul, 2025   |   2 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:38
Quyosh
05:13
Peshin
12:35
Asr
17:35
Shom
19:49
Xufton
21:17
Bismillah
27 Iyul, 2025, 2 Safar, 1447

Ramazondan so'ng nima qilaman? (uchinchi maqola)

24.05.2021   1664   3 min.
Ramazondan so'ng nima qilaman? (uchinchi maqola)

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo'lsin.
Payg'ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo'lsin.

Aziz birodarim esingizda tuting solih amallar Alloh oldida qabul bo'lishi uchun ikki shart bor:

Birinchisi: Amalni yolg'iz Alloh uchun xolis qilish.

Ikkinchisi: Bu amalni bajarishda Rasulullohga ergashish.

Bu ikki shartning birortasi bo'lmasa Alloh bunday amalni qabul qilmaydi.

Nafl ro'za

Bilingki, Alloh taologa doim itoatli bo'lish va nafsni tarbiyalab borish siz-u bizdan har doim talab qilingan amaldir. Mana shu nafs tarbiyasi uchun Alloh taolo ibodatlarni yo'lga qo'ygan. Bu ibodatlarga qanchalik berilgan bo'lsangiz nafsingiz tarbiyasi shunchalik yuksaladi, qanchalik e'tiborsiz bo'lsangiz bu tarbiyadan uzoq bo'lasiz. Shuning uchun Alloh taolo uchun xolis toat ibodatda bo'lganlar eng qalbi yumshoq, solih insonlar bo'ladi. Ammo gunohlar va ma'siyatlar ahllari esa qalblari qattiq insonlar bo'lishadi.

Ro'za esa qalbni har-xil kasalliklardan tozalovchi amaldir. Shu sababli Ramazon oyi qalblarni tozalovchi oydir. Bu ro'zador uchun iymonga to'la qalb bilan chiqishi uchun oladigan ulkan foydasidur. Bu qalb uni boshqa amallarni bajarishga undaydi. Bu amallardan biri shavvol oyining olti kunida ro'za tutishdir.

Shavvol oyining olti kunida ro'za tutish fazilatlari:

Abu Ayyub Al-Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Kim Ramazon ro'zasini tutib, ketidan Shavvoldan olti kun ro'za tutsa, yil bo'yi ro'za tutgandek bo'ladi”- dedilar».

Muslim rivoyat qilgan.

Imom Navaviy rohimahulloh dedilar “Ulamolar dedilar: Bu narsa xuddi bir yil ro'za tutganga o'xshatildi, chunki bitta yaxshilik o'n barobariga ko'paytiriladi. Ramazon o'n oy savobiga teng va olti kun esa ikki oyga”. (Bu Nasaiy kitobida marfu' hadisda va Muslimning Navaviy sharhida kelgan).

Olti kun ro'zasining sifati

Imom Navaviy dedilar: “Ustozlarimiz aytdilarki: eng afzali Iyd Fitr kunidan keyin ketma-ket tutishlikdir, agar bo'lib tutsa yoki shavvol boshidan oxiriga kechiktirsa unga ketma-ketlik savobi bo'ladi, chunki u ramazonga shavvolni olti kunini ulagan bo'ladi.

Muslim rivoyati, Navaviy sharhi.

(Davomi bor)

Manba: islamtoday.net

Muhammadali tarjimasi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Murojaatlar e’tiborda (fotolavha)

23.07.2025   14821   1 min.
Murojaatlar e’tiborda (fotolavha)

Bugun – chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov Diniy idoraga turli masalalarda kelgan fuqarolarni qabul qildi. Ularning masjidlar faoliyati, sohani rivojlantirish, moddiy yordam kabi masalalarida qilgan murojaatlari tinglandi. 
 

Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va so‘rovlar atroflicha o‘rganilib, Diniy idora vakolati doirasida tegishlilari bo‘yicha mas’ullarga tez fursatlarda hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Murojaatlar e’tiborda (fotolavha) Murojaatlar e’tiborda (fotolavha) Murojaatlar e’tiborda (fotolavha) Murojaatlar e’tiborda (fotolavha) Murojaatlar e’tiborda (fotolavha)
O'zbekiston yangiliklari