Alloh taologa hamd va uning payg'ambari bo'lgan Muhammadunil aminga salotu salomlar aytamiz. Alloh bizni go'zal bir shariat xodimi bo'lishligimizni nasib qildi. Islom shariati Alloh taolo tomonidan tushirilgan va uning himoyachisi Allohning O'zidir va rozi bo'lgan dini ham mana shu islom dinidir. Alloh taolo O'zining kalomida marhamat qilib: “Sizlarga islomni din deb rozi bo'ldim” dedi. (moida surasi 3- oyat)
Allohning oxirgi va rozi bo'lgan dini bu islomdir, insonlardan qabul qiladigani ham mana shu dindir. Chunki, bu din, tinchlik va nafis dindir. Rasuli akram alahissalotu vassalom islom dinini olib kelganlarida mushriklar turli tuman fitnalar va turli ozorlar payida bo'lishdi. Sahobalardan Abu Bakr roziyallohu anhu: “Bir insonni Alloh degani uchun o'ldirasizlarmi?” dedilar.
Mushriklar turli fitnalar, aziyatlar va hattoki musulmonlar bilan oldi berdini kesishdi bu ishlari bilan islomni yuqotish payida edilar. Ular aytishardiki: “Agarda Muhammadni o'ldirsak uning dini ham yuqoladi”. Mana shunday islom dushmanlarining nomlari islomda yomonlik bilan muhrlandi, lekin Alloh O'z dinini himoya qildi. Birgina hazrat Bilol roziyallohu anhuni olaylik, musulmon bo'lganlarida u kishini islomdan qaytarish uchun mushriklar qanchalar harakat qilishdi qanchalar aziyatlar etkazishdi. Lekin pok qalbli, qalbini islomning go'zalligi qoplagani uchun bir lahza bo'lsin “Alloh birdir, Alloh yagonadir” degan so'zdan tonmadilar.
Bu din bizgacha mana shunday qiyinchiliklar bilan etib keldi. Bu yo'lda ko'pgina mashaqqatlar chekilgan. Islom dinining himoyachisi Allohdir bu dinga fitna uyg'otadiganlar albatta o'z qarshisida Allohni ko'radi. Chunki, islom dinida fitna uyg'otadigan, va musulmonlarni bir biriga tushuradigan fitnakorlar bu fitnalari bilan faqatgina o'zlariga zarar etkazadilar.
Hozirgi kunda islomni niqob qilib, ba'zilarning kafilligida turib, islomni buzmoqchi bo'lganlar, uzoqlarda turib o'z yurtidagi islomni, musulmonlarni yomonlayotganlar, afsuski yo'q emas. Bular islom dininig himoyachilari emas balki, buzuvchilaridir. Bir olimni so'zini eshitganda, uni masxaralab unga yomon so'zlarni aytish ming afsuski musulmonchilik emas. Hozirgi kunda ba'zi ilmsizlardan mana shunday musulmonga to'g'ri kelmaydigan amallarda ko'rishligimiz mumkin. Biror olimning so'zi yoki ma'ruzasi ijtimoyi tarmoqlarda qo'yilsa unga o'zining salbiy fikrlarini bildiradigan ilmsizlar oz bo'lsa ham bor vaholanki, Payg'ambarimiz o'zlarining hadisi muboraraklarida: “haqiqiy musulmon uki, uning qo'lidan ham tilidan ham boshqalar omonda bo'lganlar” deb marhamat qilganlar. Musulmon man degan kishi qo'li bilan bo'lsin yoki tili bilan bo'lsin birovga ozor etkazmaydi. Mana shu yo'l Muhammadiy ta'lim va tarbiyadir.
Alloh dinimizni, millatimizni fitnachilar fitnasidan asrasin.
Muhammadxon Nuriddinov
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahar "Jome" jome masjidi imom noibi Nuriddin domla Hoshimovning padari buzrukvorlari Xolbek ota Hoshimovning vafoti munosabati bilan u kishining yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Oxirat safariga kuzatilgan otaxon el koriga yaraydigan, dinu diyonat yo‘lida xizmat qiladigan farzand va nevaralarni o‘stirdilar, chiroyli tarbiya qildilar.
Alloh taolo marhum otaxonning barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin. Haq taolo marhum otaxonning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan Nuriddin domla Hoshimovga, u kishining oila a’zolari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.
Janoza namozi bugun soat 18:00 da Sirdaryo viloyati Xovos tumani Gulbahor MFY Qayirma qishlog‘ida o‘z xonadonida ado etiladi.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Muslim.uz