Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Mart, 2025   |   12 Ramazon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:22
Quyosh
06:40
Peshin
12:38
Asr
16:40
Shom
18:29
Xufton
19:42
Bismillah
12 Mart, 2025, 12 Ramazon, 1446

Afg'oniston ulamolarining fikr-mulohazalari

23.05.2021   1334   8 min.
Afg'oniston ulamolarining fikr-mulohazalari

Joriy yilning 21 may kuni Afg'oniston islom respublikasi delegatsiyasi Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Imom Termiziyning hadis ilmi rivojiga qo'shgan hissasi” mavzusidagi davra suhbatida qatnashdilar. Mehmonlarning taassurotlari ijobiy bo'ldi. Jumladan:

Muhammad Muhsin Donesh, Afg'oniston Islom Respublikasi Oliy milliy yarashuv kengashi raisi maslahatchisi, Milliy birdamlik partiyasining Shimoliy hududlar bo'yicha rahbari:

  • Hazrati Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam “Olimlar payg'ambarlarning vorislaridir”, deb marhamat qilganlar. Meni mana shunday davra suhbatiga taklif qilganlaringizdan mamnunman. Biz O'zbekistonga begona emas, balki ikkinchi uyimizga keldik, deb o'ylaymiz. Do'stligimiz bardavom bo'lsin. Bugungi suhbatim “Imom Termiziyning mo''tadil islomda tutgan o'rni” mavzusida bo'ladi. Biz Imom Termiziydek zotlar haqida suhbatlashishimiz dengizdan bir tomchiga o'xshaydi. Ikki davlat uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning juda katta ahamiyatga ega. O'zbekiston xalqi qadim va buyuk madaniyatning merosxo'rlari, Farobiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy kabi olimlar hamda Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi davlat arboblarining davomchilarisizlar.

Movarounnahrda ko'plab olimlar o'tgan. Bularning qatorida Imom Buxoriy va Imom Moturidiy kabi zotlar ham bor. Yuqorida O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o'rinbosari Homidjon Ishmatbekov Imom Termiziy haqida aytib o'tdi. Imom Termiziy kim va qayerda yurgan, nechta ustoz-shogirdlari bor, uni mazhabi nima kabilar batafsil ochib berdilar.

Imom Termiziydek zotlarning yo'lini davom ettirish uchun biz ulamolar kelajakda nima ish qilishimiz kerak bo'ladi. Shu haqda o'ylashimiz kerak. Mo''tadil islomni yoyish kerak. Imom Termiziyning asarlari mo''tadil bo'lgan. Bizning vazifamiz Imom Termiziyning yo'lini davom ettirish. Imom Termiziy faqat Movarounnahrga tegishli emas, balki butun islom olamining porloq yulduzi bo'lgan.

Islom tinchlik, sulh va o'zgarish dini, lekin mutaassib shaxslar Islom dinini buzishga harakat qiladi. Ba'zilar esa Islom dinini qo'poruvchilik bilan qo'rqitadigan, din deb aytishadi. Biz Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan qolgan, Imom Termiziydan qolgan meroslarni saqlashimiz va davom ettirishimiz kerak. Mo''tadil Islomni rivojlantirishda bu anjuman yana bir bosqich vazifasini o'taydi.

So'zimning yakunida, men Afg'oniston xalqi, Balx hokimining salomini etkazaman. O'zbekistonda 6 kun safarda bo'ldik. Biz o'zbek xalqidan bizga qilgan hurmatlaridan, mehmondo'stligidan xursandmiz. Muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoevning O'zbekiston rivojiga, tinchlikni saqlashga qilayotgan ishlarining qadriga etish kerak. Birinchi Prezident Islom Karimov ruhiga duolar qilaman.

 

Mahmud Doneshju Muhammad Bunyod, Balx viloyati haj va vaqf boshqarmasi boshlig'i, Doneshju Balx viloyati ulamolar kengashi asoschisi:

– Abu Iso Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zahhoq Sulamiy Zariyr Bug'iy Termiziy 824 yili Termizda tug'ilgan. Imom Termiziy Shom va Misrga bormagan. Shu sababli Shom va Misr roviylaridan vosita bilan hadis rivoyat qilgan. Huroson, Basra, Kufa va Rayga ilmiy safar qilgan.

Ul zotning sulosiyot, ruboiyot va ashariyot kabi asarlari ham bor. Imom Termiziyning ilmni olish bilan birga ularga amal ham qilgan. Imom Termiziy ustozi Imom Buxoriy vafot etganidan va Allohdan qo'rqqani uchun yig'laganidan ko'zi ko'r bo'lib qolgan. Imom Termiziyning “Sunan” asari fiqh bilan bog'liq. Fiqh masalalarida bahs ham bo'ladi.

 Imom Termiziy “Sunan” asarida hadislarning oxirida o'zining fikrlarini ham keltirib o'tgan. Shuningdek Imom Termiziy “Sunan” asarida omonotga amal qilgan. Qaysi ustozi “axbarana”, qaysi ustozi “haddasana” degan bo'lsa, ularning bir-biriga aralashtirmasdan omonotga amal qilgan. “Sunan”da 3956 ta takrorlanmaydigan hadis bor. Aqida ilmi sultoni Imom Moturidiy Samarqandda, Fiqh ilmi sultoni Qobulda, Hadis ilmi sultonlari Termiz, Samarqad, Buxoroda, Tasavvuf ilmi sultoni Movlono Balxiy Balxda. Afg'oniston va O'zbekiston aqida, hadis, tasavvuf ilmlarida peshqadam bo'lgan.

Shuningdek, bugungi murakkab davrda mutaassiblik va buzg'unchilikka qarshi O'zbekiston va Afg'oniston ulamolari hamkorlikda harakat qilishlari juda ham muhimdir. 

Said Muhammad Said Muhsin Husayniy, Afg'oniston shimoliy hududlari shia mazhabi ulamolari kengashi raisi:

 Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining Imom Termiziy merosi va sof islom ta'limotini tushuntirishda muhim maskan hisoblanadi. Ikki davlat olimlari va ilm toliblari o'rtasida ilmiy hamkorlikni yo'lga qo'yish kerak.

Agar O'zbekiston, Afg'oniston va Tojikiston ulamolari birga ishlamasa, oqibatda katta muommalar kelib chiqadi. Shu sababli ulamolar yoshlarning savollariga javob berishi kerak. Islomning mo''tadil din ekanini, Islomda majburlash yo'qligini keng ommaga tushuntirish va ko'rsata bera olish darkor. Ayniqsa, bu borada eng xavfli illat – mutaassiblik, biz ulamolar bunga qarshi kurashishimiz kerak.

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi termiziy allomalar hayoti va merosini o'rganish barobarida turli adashgan guruhlarga qarshi g'oyaviy kurashda asosiy dorulfunun vazifasini bajaradi, insha Alloh.

Abdulvahhob Abdulbosit Payg'omiy, Afg'oniston ulamolari kengashi a'zosi:

 – Qobulda har kuni urush-janjal, afsuski har kuni qandaydir muammo, olimlar o'lmoqda. Bu faqatgina Afg'onistonning muammosi emas, balki butun islom ummati fojiasi. Bugun oldimizda turgan eng katta va muhim masala olimlarimiz yakdillik va birdamlikda birlashishidir. Olimlar birlashmasa, bir-biriga ko'mak bermasa, islom olamida muammolar paydo bo'laveradi.

Mana bir xaftaki, O'zbekistondamiz, tinchlik va omonlikda hayotingiz bir maromda davom etmoqda. Havasim kelyapti. Olimlar tinch yurtda emin erkin ilm bilan mashg'ul. O'zbekistondagi madrasalar, ilmiy tadqiqot markazlari, institutlar va masjidlarni ziyorat qildik. Bular o'z-o'zidan bo'lgani yo'q. Bularning ortida katta mehnat yotibdi. Buning uchun O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevga cheksiz tashakkur, u kishi Islom diniga katta xizmat qilmoqda.

Ulamolar bir bo'lib ishlaylik, o'shanda dunyo tinch bo'ladi. Biz nima desak xalq rozi bo'ladi. Halq bizni hurmat qiladi, taniydi. Bu kabi safarlarimiz ko'p bo'lishi kerak. Biz bugun O'zbekistonga safar qildik. Sizlar ham Afg'onistonga tashrif buyuring. Birdamligimizni butun dunyo ko'rsin.

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Homidjon domla Ishmatbekov fuqarolar murojaatini tingladi

12.03.2025   5701   1 min.
Homidjon domla Ishmatbekov fuqarolar murojaatini tingladi

Shu yilning 12 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaat va taklif-mulohazalarini tingladi.

Mazkur qabul jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan shar’iy masalalar, masjidlar qurish, haj va umra, ishga joylashish, oilaviy munosabatlar, kitob chop etish, moddiy yordam va sohani rivojlantirishga oid masalalar atroflicha o‘rganilib, mas’ullarga qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan topshiriq berildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

 

Homidjon domla Ishmatbekov fuqarolar murojaatini tingladi Homidjon domla Ishmatbekov fuqarolar murojaatini tingladi Homidjon domla Ishmatbekov fuqarolar murojaatini tingladi Homidjon domla Ishmatbekov fuqarolar murojaatini tingladi Homidjon domla Ishmatbekov fuqarolar murojaatini tingladi Homidjon domla Ishmatbekov fuqarolar murojaatini tingladi