Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Yanvar, 2025   |   9 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:35
Asr
15:31
Shom
17:15
Xufton
18:34
Bismillah
09 Yanvar, 2025, 9 Rajab, 1446

Arazlashish – shaytonning fitnasi

21.05.2021   3218   5 min.
Arazlashish – shaytonning fitnasi

Muqaddas Islom dinida  birov bilan so'kishish, urishish, janjal qilish gunoh hisoblanadi. Bandachilik bilan gunohkor bo'lib urishib, janjallashganlarning bir-biriga adovat saqlab arazlashib yurishlari gunoh ustiga gunohdir. Jaxli  chiqqanda o'ziga kelishi uchun urishgan taraflarga uch kun muhlat berilgan. O'sha muhlatdan keyin ham arazlashib, bir-birini ko'rganda yuz o'girib ketishlik xalol emas. O'rtada yuzaga kelgan noqulay holatdan chiqishni o'z bo'yniga olib qarshi tomonga birinchi salom bergan odam yaxshi odam bo'ladi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mo'min mo'mindan uch kundan ortiq arazlashi halol emas. Agar u uch kunni o'tkazgan bo'lsa, o'sha bilan uchrashib, salom bersin. Agar uning salomiga alik qaytarsa, ikkilari ajr (savob)ga sherik bo'ladilar. Agar salomga alik qaytarmasa, u gunohni o'ziga olgan bo'ladi. Musulmon esa arazlashdan chiqadi», dedilar». Abu Dovud rivoyat qilgan.

Yana o'sha kishidan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Musulmonga o'z birodaridan uch kundan ortiq arazlash halol emas. Kim o'shandan ortiq arazlab turib o'lib qolsa, do'zaxga kiradi», dedilar».Abu Dovud rivoyat qilgan.

Abu Ayyub Ansoriydan rivoyat qilinadi:

 "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Musulmonga o'z birodaridan uch kundan ortiq arazlab yurishi halol emas. Uchrashganlarida unisi ham yuz o'giradi, bunisi ham yuz o'giradi. Ularning yaxshisi avval salom berganidir", dedilar".

Arazlashgan ikki kishi ko'chada uchrashib qolib, bir-biridan yuz o'girib o'tib ketishi xalol emas. Mana shu ikki kishining kay biri avval salom bersa, shunisi yaxshirog'i bo'ladi.

Abu Dardodan rivoyat qilinadi: “Payg'ambarimiz sollalloxu alayxi vasallam:

«Sizlarga namoz, ro'za va sadaqadan ham afzalroq darajani aytib beraymi?» dedilar.

«Ha! Aytib bering!» deyishdi.

«Ikki tomonning orasini isloh qilish. Ikki tomonning orasini buzish qiruvchidir», dedilar».

Sharh: Urishib qolgan tomonlarning orasini isloh qilishning darajasi nafl ro'za tutgandan, nafl namoz o'qigandan, nafl sadaqa qilgandan yuqoridir.

Ikki tomonning orasi buzilishi halokatga olib boradigan narsadir. Bu xuddi ustara sochni qirgandek, jamiyatni qirib, rasvo qiladigan narsadir.

Buning aksi, ya'ni arazlashib, janjallashib qolgan tomonlarning orasini isloh qilish esa yuksak darajadagi savobli ishdir.

Har birimiz arazlashish va qarindoshlardan uzoqlashish, gina-adovat, nafrat, adovatni avj oldiruvchi shaytonning fitnasidan panoh tilashimiz lozim. Alloh mo'minlarning qalbini iymon bilan pokladi. Qur'on va sunnatda bayon qilingan odoblar kishining qalbidan shaytonning nasibasini chiqarib tashlaydi. Qur'on va sunnat musulmonlarni yaqinlariga nisbatan ishonchda bo'lishi uchun bir-birlariga o'zaro muhabbat va mehr-oqibat izhor qilishga buyurdi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mo'min kishi bir-biridan uch kundan ortiq arazlashib yurishi joiz emasligini marhamat qiladilar. Zero, gina-araz yaqin kishilar o'rtasida mehr-oqibat yo'qolishiga olib keladi. Shaytonga mo'minlar orasida nizo solishi uchun qulay fursat tug'iladi. Musulmonning araz qilishi uch kecha-kunduzdan ortiq bo'lsa, bu ish gunohi kabiradir. Chunki bu odamlarning orasi buzilib ketishiga olib keladi. Shuning uchun uch kundan keyin salomlashib, yarashib olish buyuriladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qildilar: "Allohga qasamki, to mo'min bo'lmaguningizcha jannatga kira olmaysizlar. To bir-biringizga mehr-muhabbatli bo'lmaguncha mo'min bo'la olmaysizlar. Agar amal qilsangiz, o'rtalaringizda muhabbat paydo qiladigan narsani aytib beraymi - oralaringizda salomlashishni yoyinglar" (Buxoriy va Abu Muslim rivoyatlari).

Kimdir oila davrasida ko'p erkalik ko'rganidan, ulg'ayganida ham unga hamma joyda shunday munosabatni kutadi. Ammo hamma ham birovning erkaligini ko'taravermaydi. Shunday ekan, har narsaga arazlab, yaqinlari bilan necha  kunlab gaplashmay yurish mo'minning ishi emas. Allohga xush kelmaydigan bunday ishlardan tiyilaylik. Shunda yaqinlarimiz hurmatiga sazovor bo'lib, osuda hayot kechiramiz.

 

Odiljon Narzullayev

Yangiyo'l tuman Imom Sulton jome' masjidi imom xatibi

 

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Boshingizga tushgan g‘am-tashvishlardan qanday xulosa chiqardingiz?

9.01.2025   1808   4 min.
Boshingizga tushgan g‘am-tashvishlardan qanday xulosa chiqardingiz?

Bir o‘tirib, yashab o‘tgan shuncha yillik hayotimizda boshdan kechirgan g‘am-g‘ussalarimiz haqida fikr yuritib ko‘rsak, qayg‘ular ikki xil ekanini ko‘ramiz:

Birinchisio‘sha paytda ko‘zimizga katta ko‘rinib, hatto yig‘lashimizga sabab bo‘lgan qayg‘ularimiz. Lekin vaqt o‘tishi bilan ular aslida oddiy narsa ekani, yig‘lashga arzimasligi ma’lum bo‘ladi. Ba’zan o‘sha kunlarni eslaganimizda kulgimiz kelib, «Shu arzimas narsa uchun ham siqilib, yig‘lab yurgan ekanmanmi? U paytlarda ancha yosh bo‘lgan ekanmiz-da», deb qo‘yamiz.

Ikkinchisihaqiqatdan ham katta musibatlar. Ba’zilari hayotimizni zir titratgan. Bu qayg‘ular ham o‘tib ketadi, lekin o‘chmaydigan iz qoldirib ketadi. Bu izlar uzoq yillargacha qalbga og‘riq berib turaveradi. Bu qayg‘ular ba’zan to‘xtab, ba’zan harakatga kelib, yangilanib turadigan vulqonga o‘xshaydi. Bunday g‘am-qayg‘ularning yaxshi tarafi shundaki, ular hayotda ham, oxiratda ham yaxshiliklarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Ular qalbimizda o‘chmas iz qoldirsa, har eslaganda ko‘zlarimizda yosh qalqisa, eng asosiysi – o‘shanda duoga qo‘l ochib, sabr bilan turib bera olsak, ko‘p-ko‘p yaxshiliklarga, ajr-savoblarga ega bo‘lamiz. G‘am-qayg‘u yangilanishi bilan yaxshiliklar ham yangilanib boraveradi.

G‘am-qayg‘usiz hayotni kutib yashayotgan qizga «Siz kutayotgan kun bu dunyoda hech qachon kelmaydi», deb aytish kerak.

Alloh taolo «Biz insonni mashaqqatda yaratdik», degan (Balad surasi, 4-oyat).

Bu hayot – g‘am-tashvishli, azob-uqubatli, mashaqqatli hayotdir. Mo‘min odam buni juda yaxshi tushunadi. Bu dunyoda qiynalsa, azob cheksa, oxiratda albatta xursand bo‘lishini biladi. Inson mukammal baxtni faqatgina oxiratda topadi. Shuning uchun ulug‘lardan biriga «Mo‘min qachon rohat topadi?» deb savol berishganda, «Ikkala oyog‘ini ham jannatga qo‘yganida», deb javob bergan ekan.

Allohning mehribonligini qarangki, oxirat haqida o‘ylab, unga tayyorgarlik ko‘rish hayotni go‘zal qiladi, qayg‘ularni kamaytirib, uning salbiy ta’sirini yengillatadi, qalbda rozilik va qanoatni ziyoda qiladi, dunyoda solih amallarni qilishga qo‘shimcha shijoat beradi, musibatga uchraganlarni bu g‘am-tashvishlar, azob-uqubatlar bir kun kelib, bu dunyoda bo‘lsin yoki oxiratda bo‘lsin, baribir yakun topishiga ishontiradi. Oxirat haqida o‘ylab, faqat solih amallar qilishga intilish insonni baxtli qiladi.

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: «Kimning g‘ami oxirat bo‘lsa, Alloh uning qalbiga qanoat solib qo‘yadi, uni xotirjam qilib qo‘yadi, dunyoning o‘zi unga xor bo‘lib kelaveradi. Kimning g‘ami dunyo bo‘lsa, Alloh uning dardini faqirlik qilib qo‘yadi, parishon qilib qo‘yadi, vaholanki dunyodan unga faqat taqdir qilingan narsagina keladi».

Alloh taolo faqat oxirat g‘ami bilan yashaydigan (oxirat haqida ko‘p qayg‘uradigan, har bir amalini oxirati uchun qiladigan) qizning qalbini dunyoning matohlaridan behojat qilib qo‘yadi. Qarabsizki, bu qiz har qanday holatda ham o‘zini baxtli his qiladi, hayotidan rozi bo‘lib yashaydi. Xotirjamlikda, osoyishtalikda, qanoatda yashagani uchun istamasa ham qo‘liga mol-dunyo kirib kelaveradi. Zero, Alloh taolo oxirat g‘amida yashaydigan, shu bilan birga, hayotiy sabablarni ham qilish uchun harakatdan to‘xtamagan kishining rizqini kesmaydi, uni ne’matlariga ko‘mib tashlaydi.

Ammo Alloh taolo bor g‘am-tashvishi dunyo bo‘lgan qizni faqirlar qatorida qilib qo‘yadi. Bunday qiz mol-dunyoga ko‘milib yashasa ham, o‘zini faqir, bechora his qilaveradi. Natijada dardi yangilanaveradi, dardiga dard qo‘shilaveradi, fikrlari tarqoq bo‘lib, iztirobga tushadi. Afsuski, shuncha yelib-yugurgani bilan faqat dunyoning ne’matlariga erisha oladi, oxiratda nasibasi bo‘lmaydi.

Abdulloh Abdulmu’tiy, Huda Sa’id Bahlulning
“Qulog‘im senda qizim” kitobidan G‘iyosiddin Habibulloh,
Abdulhamid Umaraliyev 
tarjimasi.