Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Yanvar, 2025   |   23 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:20
Quyosh
07:42
Peshin
12:40
Asr
15:47
Shom
17:31
Xufton
18:48
Bismillah
23 Yanvar, 2025, 23 Rajab, 1446

Afg'oniston Islom Respublikasi delegatsiyasining Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrifi

21.05.2021   2211   2 min.
Afg'oniston Islom Respublikasi delegatsiyasining Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrifi

2021 yil 21 may kuni Afg'oniston Islom Respublikasi delegatsiyasining O'zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida diniy soha vakillari bilan uchrashuv boshlandi.

Tadbir doirasida Afg'oniston Islom Respublikasi Oliy milliy yarashuv kengashi raisi maslahatchisi, Milliy birdamlik partiyasining Shimoliy hududlar bo'yicha rahbari Muhammad Muhsin Donesh, Balx viloyati haj va vaqf boshqarmasi boshlig'i Mahmud Doneshju Muhammad Bunyod, Afg'oniston shimoliy hududlari shia mazhabi ulamolar kengashi raisi Said Muhammad Said Muhsin Husayniy, Afg'oniston ulamolar kengashi a'zosi Abdulvahhob Abdulbosit Payg'omiy, O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o'rinbosari Homidjon Ishmatbekov, O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining o'rinbosari O'tkirbek Hasanboyev  Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shukurullo Umarov, ommaviy axborot vositalari va boshqalar ishtirok etishmoqda.

Dastavval, martabali mehmonlar Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Imom Termiziy o'rta-maxsus ta'lim muassasasi faoliyati, yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi.

Anjumanni o'tkazishdan asosiy maqsad ajdodlarimizning ma'naviy merosini chuqur o'rganish asosida yoshlarda sog'lom dunyoqarashni kuchaytirish, ularni azaliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, islom dini ravnaqi hamda Islom tsivilizatsiyasi rivojiga benazir hissa qo'shgan Muhammad Hakim Termiziy, Imom Termiziy, Burhoniddin Muhaqqiq Termiziy, Varroq Termiziy va boshqa termiziylarning olamshumul ahamiyatga molik diniy-ma'naviy merosini o'rganishga bag'ishlangan bugungi tadqiqotlar natijalarini umumlashtirish hamda ularning navbatdagi bosqichida dolzarblik kasb etayotgan vazifalarni belgilab olishdan iborat.

Ayni damda markazning kichik majlislar zalida uchrashuv davom etmoqda.

 

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi MATBUOT HIZMATI

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Sajdai sahvda bir tomonga salom beriladimi yoki ikki tomongami?

14.01.2025   4922   1 min.
Sajdai sahvda bir tomonga salom beriladimi yoki ikki tomongami?

Cavol: Sajdai sahv qilish uchun salom berishda bir tomonga salom beriladimi yoki ikki tomongami?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Har ikkisi ham to‘g‘ri. Ya’ni namozxon sajdai sahv qilishda bir tomonga salom bersa ham, ikki tomonga salom bersa ham to‘g‘ri ish qilgan bo‘ladi. Chunki fuqaholarimiz har ikki holatni sahih — to‘g‘ri deb fatvo berishgan. Ayrim fuqaholar yolg‘iz namoz o‘qiyotgan kishi – ikki tomonga salom berishi, imom esa – bir tomonga salom berishi yaxshidir, deganlar. Chunki imom ikki tomonga salom bersa, ergashuvchilarning ba’zisi namoz tugallandi deb o‘ylab namozga zid hatti-harakat sodir etishi mumkin, deyishgan (“Durarul hukkam” kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.