Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Avgust, 2025   |   20 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:03
Quyosh
05:31
Peshin
12:33
Asr
17:21
Shom
19:28
Xufton
20:49
Bismillah
14 Avgust, 2025, 20 Safar, 1447

TINCh VA OSOYIShTA YuRTIMIZGA BAYRAMLAR YaRAShADI

17.05.2021   2273   9 min.
TINCh VA OSOYIShTA YuRTIMIZGA BAYRAMLAR YaRAShADI

Prezidentimizning qaroriga muvofiq, xalqimizning ma'naviy hayotida alohida o'rin tutadigan, muqaddas islom dinining ezgu g'oyalarini yaqqol ifoda etadigan bayram — Iyd al-Fitrni munosib nishonlash, jamiyatimizda insonparvarlik, o'zaro hurmat, mehr-oqibat, saxovat va shukronalik tuyg'ularini kuchaytirish, yoshlarimizda yuksak fazilatlarni kamol toptirish maqsadida Ramazon hayiti 2021 yil 13-15 may kunlari mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlanmoqda. Ramazon hayiti munosabati bilan davlatimiz rahbari nomiga ko'plab xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari nomidan qutlovlar kelishi davom etmoqda. O'z o'rnida, Prezidentimiz tomonidan ham chet el davlatlari rahbarlariga tabriknomalar yuborildi. Shuni alohida aytish lozimki, Prezidentimizning O'zbekiston xalqiga yo'llagan Ramazon hayiti tabrigi yurtdoshlarimizni benihoya xursand qildi, barchamizga haqiqiy bayram kayfiyatini baxsh etdi.

Tabrikda xalqimizning boy va qadimiy diniy-ma'naviy merosini tiklash va faol targ'ib etish, buyuk ajdodlarimizning tabarruk qadamjolarini obod qilish bo'yicha olib borilayotgan salmoqli ishlar ham alohida ta'kidlab o'tildi.

Jumladan, Qashqadaryo viloyatida kalom ilmining atoqli namoyandasi Abu Muin Nasafiy, Namangan viloyatida tasavvuf ta'limotining yirik vakili Sulton Uvays Qaraniy, Toshkent shahrida Suzuk ota yodgorlik majmualari bunyod etilgani, ko'plab masjid, madrasa va diniy obidalar qayta qurilayotgani yoki ta'mirlanayotgani, poytaxtimizdagi Islom tsivilizatsiyasi markazi qurilishi haqida to'xtab o'tildi. Ayniqsa, muborak Ramazon oyida buyuk Imom Buxoriy hazratlarining Samarqand viloyatidagi yodgorlik majmuasini mutlaqo yangi, zamonaviy holda barpo etishga tamal toshi qo'yilganligi barcha yurtdoshlarimizga quvonch bag'ishlagani e'tirof etildi.

Shu bilan birga, Prezidentimiz bugungi shiddatli zamon mafkurasi, ayniqsa, dunyo miqyosida tobora keskin va shafqatsiz tus olayotgan raqobat, barqarorlikka nisbatan tahdidlar, farzandlar tarbiyasidagi doimiy hushyorlik va ogohlik masalalariga har qachongidan ham jiddiy ahamiyat berish lozimligini qayd etdi. Albatta, har birimiz bundan chuqur xulosa chiqarishimiz zarur.

Muborak Ramazon oyi davomida Prezidentimizning 2021 yil 8 apreldagi “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o'tkazish to'g'risida”gi qarori ijrosiga alohida e'tibor qaratildi. Yurtimizda faoliyat yuritayotgan 2090 ta masjiddan 2046 tasida belgilangan qat'iy sanitariya-gigiyena talablari asosida tarovih namozlari ado etildi. 1384 tasida xatmi Qur'on o'qilib, 30 dan ziyod jome' masjidida o'tkazilgan xatmlar internet orqali onlayn namoyish etildi. Tarovih namozlarida har kuni o'rtacha 600 mingga yaqin namozxon ishtirok etdi.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, bugungi kunda diniy ma'rifat sohasida ham innovatsion usullarga katta e'tibor qaratilmoqda. Hususan, O'zbekiston musulmonlari idorasi qoshidagi Koll-markaz Ramazon oyi davomida uzluksiz faoliyat ko'rsatdi. Fatvo bo'limi tomonidan Toshkent islom instituti va Ko'kaldosh o'rta maxsus bilim yurti mutaxassislari bilan hamkorlikda faqat ro'za ibodatiga oid savollarga 24 soat davomida javob beradigan Axborot kanali — Koll-markaz faoliyati tashkil qilindi.

Ramazon oyidagi targ'ibot tadbirlaridan eng muhimi, bu albatta, iftorliklarni aholi tomonidan ixcham, isrofgarchiliksiz, milliy qadriyatlarimizga mos o'tkazish masalasidir. Diniy soha xodimlari tomonidan mazkur masalani targ'ib etish bo'yicha ko'plab ma'rifiy tashviqot ishlari olib borildi. O'zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan ishlab chiqilgan Ramazon oyiga mos mavzulardagi juma tezislarida ham ushbu mavzu bilan bir qatorda joylarda narx-navoning sun'iy oshirilishining oldini olish bo'yicha atroflicha tushuntirib borildi.

Odatda, Ramazon oyi o'zining xayriya tadbirlariga boyligi bilan ajralib turadi. Halqimiz qadriyatiga ko'ra, bu oyda insonlar yanada saxiy, yanada muruvvatli bo'ladilar. Muborak oy davomida imom-xatiblar va mahalla fuqarolar yig'inlari faollari hamkorligida “Saxovat”, “Muruvvat” va “Mehribonlik” uylari, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat faxriylari, nogironlar, yolg'iz keksalar, “Mehr” dasturi orqali olib kelingan fuqarolar hamda 23,5 mingdan ziyod kam ta'minlangan ehtiyojmand oilalarga homiylarni jalb qilgan holda, moddiy yordamlar ko'rsatildi. Bundan tashqari, “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan ham 5,2 milliard so'mlikdan ziyod xayriya ishlari amalga oshirildi.

Oy davomida telekanallar orqali yirik diniy ulamolar, imom-xatiblarning Ramazon suhbatlari, shuningdek, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Anvar qori Tursunovning ma'rifiy suhbatlaridan iborat ko'rsatuvlar iftorlik va saharlik vaqtlarida namoyish etildi, radioeshittirishlar berildi. Bu, o'z o'rnida, hamyurtlarimiz tomonidan ko'tarinki ruhda qabul qilindi.

O'zbekistonning ziyorat turizm salohiyatini keng targ'ib qilish maqsadida Turkiyaning TRT telekanali bilan hamkorlikda Toshkentdagi Hazrati Imom, Samarqanddagi Imom Buxoriy majmualari kabi 30 ta yirik ziyoratgohlarimiz, shuningdek, allomalarimiz merosi haqida teleko'rsatuvlar tashkil etildi.

13 may kuni yurtimizning 2021 ta masjidida 2 million 576 ming yurtdoshimiz Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga to'liq rioya qilingan holda hayit namozini ado etdi. Hayit namozi ma'ruzalarida so'nggi yillarda din sohasidagi ijobiy o'zgarishlar, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik va uni asrab-avaylash, hayit kunlari karantin talablariga rioya etish kabi mavzular yoritildi.

Shuningdek, Ramazon hayiti ma'ruzalarida imom-xatiblar tomonidan Prezidentimizning bayram tabrigi mazmun-mohiyati yurtdoshlarimizga etkazildi. Unga ko'ra, bugungi kunda keng ko'lamli islohot va tub o'zgarishlar natijasida yangilanib borayotgan yurtimizda xalq bilan muloqot, inson huquq va manfaatlarini, jumladan, vijdon erkinligini ta'minlash davlat siyosati darajasiga ko'tarilib, bu borada ulkan chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani, ko'lami va miqyosi tobora kengayib borayotgan bunday amaliy ishlar yangi O'zbekistonni barpo etish, yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini oshirishdek ezgu maqsadlarimizga uyg'un va hamohang bo'lib, barcha yurtdoshlarimizni ana shu g'oyalar atrofida yanada birlashtirishga xizmat qilayotgani alohida ta'kidlandi. Yurtdoshlarimiz tomonidan el-yurt tinchligi, mamlakatimiz obodligi, xalqimiz farovonligi, olib borilayotgan ezgu ishlarga muvaffaqiyat tilab, duolar qilindi.

Ta'kidlash lozimki, so'nggi yillarda yurtimizda ichki turizmni rivojlantirishga alohida urg'u berilmoqda. Din ishlari bo'yicha qo'mita va O'zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan Turizm va sport vazirligi bilan hamkorlikda Hayit munosabati bilan dam olish kunlari etib belgilangan 13 maydan 15 maygacha barcha ziyorat turizmi ob'ektlari karantin talablariga to'liq rioya qilingan holda, ziyoratchilar uchun tayyorlab qo'yildi. Yurtimizdagi 836 ta muqaddas qadamjo va ziyoratgoh, xususan, “Vaqf” fondi tasarrufidagi 189 ta ziyoratgohda tashrif buyuruvchilar uchun imtiyozli chegirmalar joriy etildi.

Darhaqiqat, bu yilgi Ramazon hayitining shukuhi o'zgacha bo'ldi. Davlat tashkilotlari va jamoatchilik o'zaro hamjihatligini namoyon etdi. Bir so'z bilan aytganda, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 maydagi “Ramazon hayitini nishonlash to'g'risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi to'laqonli amalga oshirildi.

Yana bir e'tiborli masala. Ma'lumki, yurtimizda o'n olti diniy konfessiyaga taalluqli bo'lgan 136 dan ortiq millat va elatlar o'zaro ahil-inoq va tinch-totuv yashab kelmoqda.

Hayit bayrami munosabati bilan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan diniy konfessiyalar, jumladan, Rus pravoslav cherkovi Toshkent va O'zbekiston eparxiyasi rahbari, mitropolit Vikentiy, O'zbekiston Rimkatolik markazi rahbari, episkop Yeji Matsulevich, Toshkent shahar Arman apostollik cherkovi rahbari, ruhoniy Aramais Grigoryan (Ovannes ota), Toshkent shahar yahudiylar diniy jamoasi raisi Arkadiy Isaxarov va O'zbekiston Bibliya jamiyati konfessiyalararo muloqot bo'yicha direktori Holmatjon Ashirov O'zbekiston musulmonlari idorasiga tashrif buyurib, muftiy Usmonxon Alimov bilan uchrashdilar hamda barcha musulmonlarni Hayit bayrami bilan samimiy tabriklab, O'zbekiston xalqiga tinchlik va omonlik tiladilar.

Mehr-oqibatli, saxovatli xalqimizga, tinch-osoyishta yurtimizga mana shunday bayramlar yarashadi. Binobarin, buning shukronasini qilish, yangi bunyodkorlik ishlarida birdam bo'lish bugun barchamizga har qachongidan ham muhim.

Muzaffar KOMILOV,

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Din ishlari bo'yicha qo'mita raisining birinchi o'rinbosari

Manba: “Yangi O'zbekiston” gazetasi

2021 yil 15 may, № 98 (354)

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hojilar kirmagan xonadon qolmadi hisob

13.08.2025   2047   1 min.
Hojilar kirmagan xonadon qolmadi hisob

Sayyor yig‘ilish

Ikki hoji suhbatidan:
– Assalomu alaykum, salomatmisiz?
– Vaalaykum assalom, rahmat, alhamdullilah.
– Yo‘l bo‘lsin!
– Bugun «Hilol» masjidida sayyor yig‘ilish o‘tkazilarkan. Zayniddin domla kelarkanlar.
– Shoshmang, men bexabar qolibman.
– Yuravering.... 

* * *

Bugun Olmaliq shahridagi «Hilol» jome masjidida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov boshchiliklarida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Doniyor domla Ikromov, shahar bosh imom-xatibi, imomlar, otinoyilar, «Haj 2025» hojilari, mahalla faollari ishtirok etdi.


Tadbirdan so‘ng shahardagi mahallalarga chiqilib, oilalar o‘rganildi. Ajrim yoqasida turgan yoshlar yarashtirildi, spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan kishilar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilib, ularga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi, tavsiyalar berildi.


Shahardagi masjidlar imom-xatiblari ham tadbirda faol qatnashdilar.


Shundan so‘ng yana «Hilol» masjidiga qaytilib, amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqilib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi.


Xayrli duolar bilan sayyor yig‘ilish nihoyasiga yetdi.

* * *

– Yig‘ilish juda samarali bo‘ldi. Ko‘plab oilalarga kirilib, hol so‘ralgani ko‘ngildagidek ish bo‘ldi-da.

– Shunday xayrli ishlar boshida turgan aziz insonlar baraka topishsin...

Toshkent viloyati vakilligi 
Matbuot xizmati

Hojilar kirmagan xonadon qolmadi hisob Hojilar kirmagan xonadon qolmadi hisob Hojilar kirmagan xonadon qolmadi hisob Hojilar kirmagan xonadon qolmadi hisob Hojilar kirmagan xonadon qolmadi hisob Hojilar kirmagan xonadon qolmadi hisob Hojilar kirmagan xonadon qolmadi hisob Hojilar kirmagan xonadon qolmadi hisob Hojilar kirmagan xonadon qolmadi hisob Hojilar kirmagan xonadon qolmadi hisob Hojilar kirmagan xonadon qolmadi hisob Hojilar kirmagan xonadon qolmadi hisob Hojilar kirmagan xonadon qolmadi hisob Hojilar kirmagan xonadon qolmadi hisob Hojilar kirmagan xonadon qolmadi hisob Hojilar kirmagan xonadon qolmadi hisob Hojilar kirmagan xonadon qolmadi hisob
O'zbekiston yangiliklari