Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Yanvar, 2025   |   12 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:34
Shom
17:18
Xufton
18:37
Bismillah
12 Yanvar, 2025, 12 Rajab, 1446

Islom tsivilizatsiyasi markazida dunyodagi eng katta Qur'oni karim sahifasini qo'lda ko'chirish ishlari yakunlandi.

12.05.2021   1595   1 min.
Islom tsivilizatsiyasi markazida dunyodagi eng katta Qur'oni karim sahifasini qo'lda ko'chirish ishlari yakunlandi.

Toshkentdagi Islom tsivilizatsiyasi markazida dunyodagi eng katta qo'lyozma Qur'oni karim sahifasini qo'lda ko'chirish ishlari yakuniga etdi. Bu haqda Islom tsivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov ma'lum qildi.

 

Shoazim Minovarovning ma'lum qilishicha, ushbu sahifa Boysunqor Mirzo tomonidan otasi sulton Shohrux Mirzo uchun maxsus ko'chirilgan Boysunqur Qur'oni sahifasining biroz kattalashtirilgan takrori.

Sahifani markaz xattoti, Toshkent Islom instituti bitiruvchisi Najmiddin Fayoziy Nuriddin o'g'li 6 oy mobaynida ko'chirgan.

 

Maxsus qog'oz Yaponiyadan, bo'yoqlar Turkiyadan keltirilgan va sahifaga o'zbek oltini suvi bilan hal berilgan. Sahifa Islom tsivilizatsiyasi markazidagi Usmon Qur'oni uchun jihozlanayotgan xonaqohdan joy oladi.

Islom tsivilizatsiyasi markazi qo'lyozma Qur'on sahifasini Ginnesning rekordlar kitobiga kiritish yuzasidan muzokaralar olib borishga kirishdi.

Bundan  avval O'zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi qurilishi 2021 yilning oxirida yakunlanishi hamda Shavkat Mirziyoev Islom tsivilizatsiyasi markazining qurilish jarayonini ko'zdan kechirgani haqida xabar berilgandi.

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

To‘lamagan yo‘lkiralarimni qanday ado etaman?

10.01.2025   4693   1 min.
To‘lamagan yo‘lkiralarimni qanday ado etaman?

Cavol: Kollejda o‘qib yurgan vaqtlarimda ba’zan avtobusdan yo‘lkirani bermasdan tushib ketardim. Bu ishning og‘ir gunoh ekanini anglab yetdim. Buni qanday to‘g‘rilasam bo‘ladi? Taxminiy hisoblab, sadaqa qilsam bo‘ladimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Siz bu ishingiz uchun avvalo istig‘for aytib, tavba qilasiz. To‘lamagan yo‘lkiralaringizni taxminiy hisoblaysiz hamda o‘zingiz foydalangan avtobuslar boshqarmasidan yo‘lkiralar to‘lanadigan hisob raqamlari bo‘lsa, qarzlaringizni shunga o‘tkazib qo‘yasiz va shu bilan zimmangizdagi yukdan qutilasiz, inshaalloh. Agar ularda bunday imkoniyat bo‘lmasa, sadaqa qilib yuborasiz.

Shuni yodda tutish lozimki, birovlarning haqlari eng avvalo egasiga qaytarish shart bo‘ladi. Egasi yoki uning merosxo‘rlarini topishning iloji umuman bo‘lmagandagina uning nomidan sadaqa qilinadi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Maqolalar