Namanganda mutlaqo yangi qiyofa kasb etgan “O'n bir Ahmad” ziyoratgoh majmuasida mukammal ta'mirlash ishlari yakunlanib, ziyoratchilar va sayyohlar ixtiyoriga topshirildi.
2018 yilda Namangan shahrida joylashgan “O'n bir Ahmad” ziyoratgoh majmuasida mukammal ta'mirlash ishlari boshlanib, ushbu muborak maskanga zamonaviy tus berish, sayyohlar va ziyoratchilar uchun barcha qulay sharoitlar yaratish bo'yicha qator ishlar bajarildi.
O'zA xabariga ko'ra, 2020 yil sentyabr' oyida bunyodkorlik jarayoniga yangidan impul's berildi. Fidokor quruvchilarning zarbdor mehnati tufayli qisqa muddatda zamonaviy andozalarga to'liq javob beradigan bino va inshootlar qad rostladi. Ularni bunyod etishda milliy me'morchilik an'analaridan keng foydalanildi.
Ushbu hududni mo''jazgina istirohatgohga ham o'xshatish mumkin.
Ta'kidlash joizki, O'n bir Ahmad tarixini o'rganish yuzasidan boshlangan xayrli ishlarimiz to'xtamaydi. Ul zotlarning har biri haqida kitoblar va dostonlar yozilajak. Ajdodlarning bebaho merosini ilmiy asosda chuqur tadqiq etish, qadamjolarini obod maskanga aylantirish va kelajak avlodga bus-butun etkazish bugungi avlodning vazifasidir.
Tarixiy obidalarni asrab-avaylashga alohida e'tibor qaratilayotgani, ziyoratgohlar va qadamjolar obodligi yo'lidagi xayrli ishlar yurtdoshlarimiz va xalqaro jamoatchilik tomonidan keng qo'llab-quvvatlanmoqda. Bunday ezgu amallar hali davom etadi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Cavol: Kollejda o‘qib yurgan vaqtlarimda ba’zan avtobusdan yo‘lkirani bermasdan tushib ketardim. Bu ishning og‘ir gunoh ekanini anglab yetdim. Buni qanday to‘g‘rilasam bo‘ladi? Taxminiy hisoblab, sadaqa qilsam bo‘ladimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Siz bu ishingiz uchun avvalo istig‘for aytib, tavba qilasiz. To‘lamagan yo‘lkiralaringizni taxminiy hisoblaysiz hamda o‘zingiz foydalangan avtobuslar boshqarmasidan yo‘lkiralar to‘lanadigan hisob raqamlari bo‘lsa, qarzlaringizni shunga o‘tkazib qo‘yasiz va shu bilan zimmangizdagi yukdan qutilasiz, inshaalloh. Agar ularda bunday imkoniyat bo‘lmasa, sadaqa qilib yuborasiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.