ZO'R.TV telekanali va O'zbekiston musulmonlari idorasi o'zaro hamkorlikda muborak oyga bag'ishlangan «Ramazon tuhfasi» loyihasi taqdim etib borilmoqda.
Loyiha doirasida taniqli ulamo va tajribali imom-xatiblar har kuni ruhiy tarbiya mavzularida mav'iza qilmoqdalar.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Respublikamiz hojilari ishtirokida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari qizg‘in davom etmoqda.
“Yangi O‘zbekistonning fidoyisi bo‘lib, ma’naviyat targ‘ibotchisiga aylanamiz” tashabbusi doirasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida o‘tkazilgan 69 ming 138 ta tadbir doirasida joriy yilning shu davriga qadar 422 ming 565 nafardan oshiq yurtdoshimiz qamrab olindi.
Ular bilan tinchlik qadri, shukronalik, yoshlar tarbiyasi, ilm-ma’rifatga targ‘ib, yot g‘oyalarga qarshi kurashish, oila mas’uliyati, nizolarning oldini olish mavzularida suhbatlar o‘tkazildi. Ehtiyojmandlar holidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari, moddiy yordamlar berib borilmoqda.
Ushbu xayrli ishlarga diniy soha vakillari bilan bir qatorda 11 mingdan ziyod hojilar jalb etilgan bo‘lib, ular mahallalarda amaliy ishlarda ko‘ngilli ravishda ishtirok etishmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati