Germaniyaning O'zbekistondagi elchixonasi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida me'morchilik sohasida nemis va o'zbek mutaxassislari ishtirokida seminar o'tkazilishi to'g'risida e'lon berdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Elchixona ma'lumotiga ko'ra, seminarda Potsdam universiteti professori, doktor Shteffen Laue "Me'moriy yodgorliklarni barqaror saqlash kontseptsiyasi asoslariga tahliliy yondashuv" mavzusida ma'ruza qiladi.
Ta'kidlanganidek, Germaniyaning O'zbekiston bilan hamkorlik aloqalari ko'plab sohalarda, jumladan, me'morchilik sohasida ham rivojlanib kelmoqda. Sohada ikki mamlakat mutaxassislari o'rtasida muntazam tarzda qo'shma onlayn kurslar tashkil etilmoqda.
Nemis mutaxassisining me'moriy yodgorliklarni saqlash va qayta tiklashga bag'ishlangan birinchi ma'ruzasi Zoom orqali videokonferentsaloqa shaklida 28 aprel' kuni bo'lib o'tadi.
Mazkur tadbir asosan Potsdam kasb-hunar institutining sherik universitetlari bo'lgan Toshkent, Samarqand va Buxoro universitetlarining arxitektura, qurilish muhandisligi, me'moriy yodgorliklarni konservatsiyalash va qayta tiklash sohasida tahsil olayotgan talabalari va shu sohada ta'lim berayotgan o'qituvchilar uchun mo'ljallangan.
Aytish joizki, ushbu tadbir Germaniya akademik almashinuv xizmati (DAAD) tomonidan moliyalashtirilayotgan "Arxitektura yodgorliklarini kompleks tarzda saqlash" loyihasining bir bo'lagidir.
Seminar yakunida tadbir ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarni malakali mutaxassislarga berishi mumkin.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Shu yil 3-7 yanvar kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarining 237 nafar pedagog-o‘qituvchilari uchun qisqa muddatli malaka oshirish o‘quvlari tashkil etildi.
O‘quv-mashg‘ulotlari maxsus reja va dars jadvali asosida bo‘lib o‘tdi. Darslar zamonaviy axborot texnologiyalari va interfaol uslublar yordamida o‘tildi. Unga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hududiy boshqarmalari, yurtimizdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan ma’ruzachilar taklif qilindi.
Malaka oshirish davomida pedagog-o‘qituvchilarning davlat va din munosabatlari, o‘quv jarayonida pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanishda bilim va ko‘nikmalarini yuksaltirish, talabalar orasida mutaassiblik va radikallashuvning oldini olish, ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish bo‘yicha mas’uliyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur o‘quv-mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga sertifikatlar taqdim etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati