Diyorimizdagi masjidlar qiyofasi va ularda yaratilgan shart-sharoit, qulayliklar har bir musulmonning dilini yayratadi. Yurtimiz jomelarini obodonlashtirish ishlari nafaqat shaharlar, balki qishloqlarda ham keng ko'lamda olib borilmoqda. Jumladan, ayni shu maqsadda Farg'onadagi ikki masjid hakm qayta bunyod etilmoqda.
Quvasoy shahri So'fon qishlog'ida joylashgan “So'fon” jome masjidining eskirgan binosi 1989-1990 yillarda qurilgan. Masjidning bino va inshootlari bugungi kunga kelib zamonaviy arxitektura talablariga javob bermay qolgan, shart-sharoitlari haminqadar bo'lib qolgan edi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan ushbu masjidni yangidan zamonaviy arxitektura talablari asosida namozxonlar uchun xavfsiz va qulay imkoniyatlarga ega qilib qurish haqidagi murojaatni qo'llab-quvvatlandi.
Joriy yil 1 may kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi mas'ul xodimi Iskandar domla Halilov masjidda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishish, idora tomonidan berilayotgan moddiy yordamlarni etkazish maqsadida “So'fon” jome masjidiga tashrif buyurdi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan homiylarni jalb qilgan holda hozirga qadar qiymati yarim milliarddan ortiq qurilish mahsulotlari, jumladan, 300 millionn so'mdan ortiq 500 ming donaga yaqin g'isht, 200 millon so'mlik temir, 30 million so'mlik tsement, 25 million so'mlik gipsokarton etkazib berildi. Shuningdek, 20 milliondan ortiq shipoklofka va boshqa qurilish mahsulotlari olib berish reja qilingan.
Shuningdek, Oltiariq tumanidagi “Oq do'ppi eshon” jome masjidida ham qurilish jadal ketmoqda. Iskandar domla Halilov mazkur masjidda ham bo'lib, qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi, taroveh namozida ishtirok etib, jamoatga muftiy hazratlarining salom va tabriklarini etkazdi va qurilish material uchun ajratilgan 40 million so'mlik maxsus sertifikatni topshirdi.
Ushbu xayrli ishdan masjid ahli ham mamnun bo'ldi. Jamoat bilan xayrli duolar qilindi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qur’oni karim va tajvidni o‘rgatish bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum o‘g‘li hamda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov Bekobod shahridagi Qur’on va tajvid markaziga tashrif buyurdilar.
Markaz ma’muriyati hamda u yerda ta’lim olayotgan tinglovchilar bilan bo‘lib o‘tgan suhbat har jihatdan samarali bo‘ldi. Xususan, uchrashuvda Shayx Alijon qori hafizahulloh Qur’oni karimni yodlash fazilatlari, bu borada yaratilgan shart-sharoitlarning qadriga yetish, shukrona keltirish, vaqtdan unumli foydalanish kabi mavzularda go‘zal mav’iza qilib berdilar.
Haqiqatan, Qur’oni karimni yodlash, oyatlar ma’no-mazmunlarini tafakkur va tadabbur qilish ibodat va chinakam saodatdir.
Usmon ibn Affon roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning yaxshilaringiz Qur’oni karimni o‘rgangan va o‘rgatganlaringizdir", deb marhamat qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).
Toshkent viloyati vakilligi
Matbuot xizmati