Mamlakatimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari 16 ta konfessiyaga e'tiqod qilib kelmoqda. Ana shu ishlarni yanada mustahkamlash va targ'ib qilish maqsadida shu yilning 14 noyabr' kuni Nukus shahrida joylashgan "Do'stlik uyi"da "Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz" mavzusida ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Unda Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy o'rta maxsus islom bilim yurti ustoz va talabalari, "Do'slik uyi" rahbariyati, Qoraqalpoq davlat universiteti talabalari, qozoq, rus, koreys va boshqa turli millatlar madaniyat uylari vakillari qatnashdi.
Tadbirda "Do'slik uyi" va Muhammad al-Beruniy o'rta maxsus islom bilim yurti mutasaddi vakillari so'zga chiqib, yurtimizdagi har bir millat va elat vakillari o'z o'rniga egaligi, bag'rikenglik g'oyasi asosida barchaning haq-huquqlari himoya qilinishi ta'kidladi.

.jpg)
Marosim yakunida yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini so'rab xayrli duolar qilindi.
Joriy yilning 16 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyatida «Inson qadri ulug‘langan yurtda mehr va e’tibor har bir xonadonga kirib boradi» shiori ostida xayrli tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tashabbusga Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Farhod Kushakov hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyatdagi vakili, bosh imom-xatib Rahmatillo domla Usmonov boshchilik qildi.
Tadbir doirasida shahar va tuman bosh imom-xatiblari hududlardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan va bemor fuqarolarning xonadonlariga tashrif buyurdilar.
Samimiy muloqotlar davomida fuqarolarning hol-ahvoli va ehtiyojlari o‘rganilib, ularga ma’naviy dalda berildi. Xonadon egalariga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari, ehson va sovg‘a-salomlar topshirildi.
Shuningdek, imom-xatiblar yurtdoshlarimiz bilan oila mustahkamligi, o‘zaro mehr-oqibat, sabr-qanoat hamda saxovatning fazilatlari haqida diniy-ma’rifiy suhbatlar olib bordilar. Bu kabi xayriya tadbirlari jamiyatda hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga, odamlar qalbida ertangi kunga ishonch uyg‘otishga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati