— Ramazon ro'zasini qasddan buzgan kishi qanday kafforat to'laydi?
— Bismillahir Rohmanir Rohim. Ro'zador qasddan ya'ni, ro'za tutgani esida bo'la turib ovqat esa, suv ichsa yoki jinsiy aloqa qilsa, ro'zasi buziladi. Bu holatda ham qazo, ya'ni, buzgan ro'zasini tutishi, ham kafforatni ado etishi vojib bo'ladi.
Ro'zaning kafforati quyidagilardan iborat:
Bunda bir kun qazosidan tashqari ikki oy hisoblanadi. Hozirgi kunda quldorlik yo'qligi sababli qul ozod qilishga qodir bo'lmaslik tabiiydir. Ushbu otmish kun ketma-ket tutiladigan ro'za shariatda ro'za tutish mumkin bo'lmagan kunlar ya'ni, Ramazon va Qurbon hayiti kunlari va Qurbon hayiti kunidan keyin uch kun, jami besh kunga to'g'ri kelib qolmasligi kerak.
Kafforat haqida fiqhiy manbalarimizda bunday deyilgan: “Kim ikki jinsiy yo'lning biriga qasddan yaqinlik qilsa, ozuqa yoki davo bo'ladigan narsani esa yohud ichsa uning zimmasiga qazo va kafforot lozim bo'ladi. Avvalo bir qul ozod qiladi. Topolmasa ikki oy ketma-ket ro'za tutib beradi. Unga ham qodir bo'lmasa, oltmish miskinni to'ydiradi (“Raddul muhtor”).
Zimmasiga kafforat lozim bo'lgan kishi ro'za tutishga qodir bo'la turib, taomlantirish yo'li bilan kafforatni ado qilmoqchi bo'lsa, kafforat ado bo'lmaydi. Chunki tartib buzilgan bo'ladi.
Kafforat ro'zasini tutayotgan ayol orada hayz ko'rib qolsa, kafforatni qaytadan boshlamaydi, balki uzri ketgach davom ettiradi. Nifos qonini ko'rsa, kafforatni qaytadan boshlaydi. Chunki nifos qoni bu masalada uzr hisoblanmaydi (“Raddul muhtor”).
Kafforat ro'zasini tutayotgan kishi oltmish kun ichida biror kunni qoldirsa, kafforat buziladi va ro'za tutishni boshidan boshlaydi.
Ramazonning qazosi va kafforatini tutayotgan kishi subhi sodiq kirmasidan avval mana shu ro'zalarni tutishni niyat qilishlari shart. Agar niyat qilolmay subhi sodiqdan keyin niyat qilsa, niyati e'tiborli bo'lmaydi. Shuning uchun saharlikka turolmay qolishidan qo'rqqan kishi quyosh botganidan keyin ertangi kunning qazo yoki kafforat ro'zasini tutishni niyat qildim, desa kifoya qiladi (“Fatavoi Hindiya”). Ramazon ro'zasidan boshqa ro'zalarni buzishda kafforat yo'q.
Muhammad Ayyub HOMIDOV
Bugun, 13 may kuni muborak haj safarini niyat qilgan hojilarimizning dastlabki guruhi muqaddas zamin tomon yo‘lga chiqishdi.
Bo‘lg‘usi hojilarni kuzatish uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev, shuningdek, taniqli ulamolar, imom-domlalar, mutasaddilar va OAV vakillari Toshkent xalqaro aeroportida jam bo‘lishdi.
Muborak safar oldi Muftiy hazratlari Alloh taoloning bayti sari yo‘l olayotgan ziyoratchilar eson-omon Haj amallarini bajarib, yurtimizga sog‘-salomat qaytib kelishlarini so‘rab xayrli duolar qildilar.
Shunday qilib, orzulari ro‘yobidan his-hayajonga to‘lgan “Haj – 2025” mavsumining ilk ziyoratchilari Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdilar.
Alloh taolo Haj amalini ado etishga otlangan yurtdoshlarimizning safarlarini xayrli va barakali qilsin!