Sayt test holatida ishlamoqda!
03 May, 2025   |   5 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:48
Quyosh
05:18
Peshin
12:25
Asr
17:17
Shom
19:25
Xufton
20:50
Bismillah
03 May, 2025, 5 Zulqa`da, 1446

RO'ZASINI QASDDAN BUZGANNING KAFFORATI

30.04.2021   1772   3 min.
RO'ZASINI QASDDAN BUZGANNING KAFFORATI

— Ramazon ro'zasini qasddan buzgan kishi qanday kafforat to'laydi? 

— Bismillahir Rohmanir Rohim. Ro'zador qasddan ya'ni, ro'za tutgani esida bo'la turib ovqat esa, suv ichsa yoki jinsiy aloqa qilsa, ro'zasi buziladi. Bu holatda ham qazo, ya'ni, buzgan ro'zasini tutishi, ham kafforatni ado etishi vojib bo'ladi.

Ro'zaning kafforati quyidagilardan iborat:

  • Bir qul ozod qilish.
  • Agar bunga qodir bo'lmasa ketma-ket ikki oy ro'za tutish.

Bunda bir kun qazosidan tashqari ikki oy hisoblanadi. Hozirgi kunda quldorlik yo'qligi sababli qul ozod qilishga qodir bo'lmaslik tabiiydir. Ushbu otmish kun ketma-ket tutiladigan ro'za shariatda ro'za tutish mumkin bo'lmagan kunlar ya'ni, Ramazon va Qurbon hayiti kunlari va Qurbon hayiti kunidan keyin uch kun, jami besh kunga to'g'ri kelib qolmasligi kerak.

  • Bunga ham imkoniyati bo'lmasa, oltmishta faqir kishiga fidya miqdoricha taom beradi yoki taomning qiymatini beradi. Bir faqir kishiga oltmish kun taom bersa ham bo'ladi. Ammo bir faqirga otmish kunlik taomni bir kunda bersa joiz bo'lmaydi.

Kafforat haqida fiqhiy manbalarimizda bunday deyilgan: “Kim ikki jinsiy yo'lning biriga qasddan yaqinlik qilsa, ozuqa yoki davo bo'ladigan narsani esa yohud ichsa uning zimmasiga qazo va kafforot lozim bo'ladi. Avvalo bir qul ozod qiladi. Topolmasa ikki oy ketma-ket ro'za tutib beradi. Unga ham qodir bo'lmasa, oltmish miskinni to'ydiradi (“Raddul muhtor”).

Zimmasiga kafforat lozim bo'lgan kishi ro'za tutishga qodir bo'la turib, taomlantirish yo'li bilan kafforatni ado qilmoqchi bo'lsa, kafforat ado bo'lmaydi. Chunki tartib buzilgan bo'ladi.

Kafforat ro'zasini tutayotgan ayol orada hayz ko'rib qolsa, kafforatni qaytadan boshlamaydi, balki uzri ketgach davom ettiradi. Nifos qonini ko'rsa, kafforatni qaytadan boshlaydi. Chunki nifos qoni bu masalada uzr hisoblanmaydi (“Raddul muhtor”).

Kafforat ro'zasini tutayotgan kishi oltmish kun ichida biror kunni qoldirsa, kafforat buziladi va ro'za tutishni boshidan boshlaydi.

Ramazonning qazosi va kafforatini tutayotgan kishi subhi sodiq kirmasidan avval mana shu ro'zalarni tutishni niyat qilishlari shart. Agar niyat qilolmay subhi sodiqdan keyin niyat qilsa, niyati e'tiborli bo'lmaydi. Shuning uchun saharlikka turolmay qolishidan qo'rqqan kishi quyosh botganidan keyin ertangi kunning qazo yoki kafforat ro'zasini tutishni niyat qildim, desa kifoya qiladi (“Fatavoi Hindiya”). Ramazon ro'zasidan boshqa ro'zalarni buzishda kafforat yo'q.

 

Muhammad Ayyub HOMIDOV

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

Juma salomi: Safar odobi (105-son)

02.05.2025   1506   1 min.

No‘monxon Yahyoxon,
Toshkent islom instituti talabasi.

Videolavhalar