Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Fevral, 2025   |   15 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:00
Quyosh
07:19
Peshin
12:42
Asr
16:13
Shom
17:59
Xufton
19:12
Bismillah
14 Fevral, 2025, 15 Sha`bon, 1446

Islom shiorlari o'yinchoq emas, ularni kamsitishga hech kimning haqqi yo'q!

29.04.2021   3082   11 min.
Islom shiorlari o'yinchoq emas, ularni kamsitishga hech kimning haqqi yo'q!

Yuksak taraqqiy etgan axborot texnologiyalari asrida yashayapmiz. Tongda uyg'onishimiz bilan “aqlli” telefonni qo'liga olib, ijtimoiy tarmoqlarga kiramiz. Bu – dunyodagi aksariyat odamning odati. Shu tariqa har kim istasa-istamasa, o'zini axborot maydoni ichra ko'radi. Kimlardir bu maydonda – tarqatuvchi, kimlardir – oddiy ishtirokchi, kimlardir – o'sha axborotlarning qurboni, kimlardir esa – shunchaki kuzatuvchi…

Afsuski, axborot tarqatish borasidagi mutlaq erkinlik ba'zida tarbiyasizlikka sabab bo'lib qolmoqda. Hususan, so'nggi paytlarda tarqatilayotgan lavhalar orasida haqoratli so'zlar, tuhmatli iboralar, muayyan shaxslarni obro'sizlantirish qasd qilingan tasvirlar ko'payib bormoqda. Eng yomoni, ularning aksariyati bir guruh trollar yoki “feyk”, ya'ni soxta akkauntlar tomonidan uyushtirilmoqda. Bu qilmishlar ortida qanday g'arazlar yotgani jumboq…

Ayniqsa, bunday nomaqbul xatti-harakatlar islomiy qadriyatlar borasida ham uchrayotgani kishini yanada ko'proq tashvishga solmoqda. Muborak Ramazon oylarida ijtimoiy tarmoqlarda na dinimizga va na odobimizga to'g'ri kelmaydigan videotasvirlar tarqadi. Uni hamma ko'rdi. Ammo… “internet ustalari”dan nechovlarining xayoliga ro'za, iftor ham islom shiorlaridan biri ekani keldi? Illo, ayrim internet foydalanuvchilari ro'za ham – islom shiori ekanini bilganlarida edi, balki bunday qilmagan bo'lardilar. 

Alloh taolo islom shiorlarini qadrlashga targ'ib qilgan va ularni toptash, masxara qilishdan qattiq qaytargan. Jumladan, Haq taolo Qur'oni karimda: “(Gap) shudir. Yana kimki Allohning shiorlari (qurbonliklar)ni ulug' deb bilsa, bas, albatta, (bu) dillarning taqvosidandir” (Haj surasi 32 oyat), – deb xitob qilgan.

Bu haqda keyingi vaqtlarda olimu ziyolilarimiz turli sabablar bilan ko'p va xo'b yozishga, Alloh taoloning ushbu amrini bot-bot bizlarga eslatib turishga majbur bo'lyaptilar.

Islom ta'limotiga ko'ra “shior” so'zi “nishon”, “belgi”, “alomat” ma'nolarini bildiradi. Yaratgan Parvardigorimiz Alloh taoloning dinining ko'zga ko'ringan va shon-shavkatining alomati bo'lgan narsalar shior hisoblanadi.

Masalan,

  • Kalomulloh, ya'ni Qur'oni karim, uning tilovati, azon,
  • Alloh taolo farz qilgan – namoz, ro'za, zakot, haj kabi dinimiz ustini bo'lgan ibodatlar,
  • shariatimizda ulug'langan zotlar – payg'ambarlar, sahobalar, tobeinlar, avliyolar, ulamolar, ilm ahllari,  
  • shariatimizda qadrlangan – Ka'batulloh, Makka mukarrama, Madina munavvara, Mino, Arafot, Quddusi sharif kabi joylar,
  • barcha masjidlar va zamonlar – Juma kuni, Ramazon oyi, muqaddas oylar,
  • ibodat vositalari bo'lmish tasbih, salla va joynamoz kabi narsalarni tushunish mumkin.

Avvalroq aytganimizdek, so'nggi paytlarda ba'zi insonlarning Ramazon oyida ijtimoiy tarmoqlar orqali ro'za va iftorlarga turli masxaraomuz munosabatda bo'lib, bu ishining oqibatini bilmasdan gunoh orttirib olayotgani esa achinarli holat, bilimsizlik, avomlik, boringki, johillik desa ham bo'laveradi.

Alloh taoloning shiorlarini oyoqosti qilish, ulardan birortasini masxara qilish, kamsitish, behurmat qilish, xo'rlash, mensimaslik, xor qilish mo'min kishining kofir bo'lishiga sabab bo'ladi.

Savbon raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallam shariatning shiorini past sanaganlarni qattiq qoralab bunday deganlar: Aniq bilamanki, ummatim ichidagi ba'zi kimsalar Qiyomat kunida Tihoma tog'i kabi ulkan hasanotlar bilan oppoq bo'lib kelishadi, lekin Alloh taolo ularning amallarini to'zigan chang kabi qilib qo'yadi.

Shunda Cavbon raziyallohu anhu: “Yo Raculalloh, bizga ularni cifatlab, ochiq bayon qilib bersangiz, bilmasdan o'shalardan bo'lib qolmaylik!” – dedi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: Ular cizlarning birodarlaringiz, cizlarga o'xshagan odamlardir. Ular ham ciz kabi tunlari ibodat qiladi. Lekin ular shunday odamlarki, yolg'iz qolgan vaqtlarida shariatning shiorlarini toptaydilar, – dedilar (Imom Ibn Moja rivoyatlari).

Dinimiz ulamolari o'zlarining fatvolarida bunday deyishgan: “Kim azonni masxara qilsa yoki Qur'oni karimni engil sanab oyoq osti qilsa, yoki shar'iy ilmlarni yoxud ulamolarni masxara qilsa, ibodatlarni engil sanab bajarmasa, yoki masjidni masxara qilsa, kofir bo'ladi” (“G'amzu uyunil basoir sharh ashboh van-nazoir” kitobi).

Ota-bobolarimiz Islom odobiga jiddiy e'tibor berganidan xabarimiz bor va ularning odob-axloqi bilan ba'zi-ba'zida maqtanib ham qo'yamiz...

Ota-onalarimiz shariatimizdagi mustahab va odob amallariga ham nihoyatda qattiq e'tiborli bo'lganlar. Ular odoblari go'zalligidan tasbehlari ko'ksilaridan pastga tushmagan... Joynamozlarini ham ehtiyotkorona, oyoq ostida qoldirmasdan, mehr bilan alohida baland joylarga qo'yganlar... Masjid atrofidan mehr bilan ohistalik bilan o'tganlar... Azon aytilayotganda mehr bilan eshitganlar, behuda so'z so'zlamaganlar... Arab yozuvidagi matnlar bitilgan ashyolarni mehr bilan ehtiyotlab saqlaganlar... Nima sababdan?.. Chunki ular dinga aloqasi bor har bir narsaga ALOHIDA ODOB bilan muomala qilganlar! Chunki ular dinga aloqasi bor har bir narsaga O'ZGAChA MYeHR bilan munosabat qilganlar! U odob – BYeTAKROR ODOB!!! U mehr – BYeQIYoS MYeHR!!!

Imom Abu Dovud Abu Umoma raziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam aytdilar: “O'zi haq bo'lca ham talashib-tortishmagan kishi uchun – jannat chekkarog'idan uy berilishiga, hazillashib bo'lsa-da yolg'on gapirmagan kishi uchun – jannatning o'rtasidan uy berilishiga, xulqini go'zal qilgan kishi uchun esa – jannatning eng yuqori qismidan uy berilishiga men kafilman” (Imom Abu Dovud rivoyatlari).

Ming afsuski, hozirgi kunda ba'zilar shunday chiroyli ishlarga, jahon mamlakatlari va o'zga diyorlar ichinda “o'zbek xalqining noyob va go'zal odoblari” deb tan olingan odoblariga bepisand bo'lib, “hech narsa qilmaydi” qabilidagi gaplarni aytib, ota-onalarimiz betakror va beqiyos mehr bilan bajarib kelgan betakror va beqiyos dinimizning betakror va beqiyos odoblarini yo'qqa chiqarishga urinmoqdalar. Vaholanki, shayton musulmon kishining birinchi bo'lib imoniga hujum qilmaydi, balki birinchi bo'lib musulmon kishini mustahab va odob bo'lgan amallarga bee'tibor qilishga urinadi. Agar g'olib chiqsa, dastlab sunnatga, keyin vojibga, so'ng farz amallarga beparvo qarashga urinadi. Agar musulmon kimsani farz amalga ham e'tiborsiz qilishga erishsa, alaloqibat, Alloh saqlasin, imoniga ham hujum qilib, natijada imondan ajratadi!!!

Shunday ekan, har birimiz ota-bobolarimizning yo'nalishlarini mahkam ushlab, barcha mustahab va odob amallarga to'la amal qilish hamda dinimiz shiorlariga odob va axloq bilan muomala qilishimiz – betakror dinimiz talabidir!!!

Demak, yuqoridagi hukmlar ro'za va iftor bilan bog'liq g'alati holatlarni tarqatayotgan kishilarga saboq bo'lishi kerak. Ular ham islomiy qadriyatlarga putur etkazish evaziga ko'ngilxushlik ila ommaning e'tiborini jalb qilish og'ir gunoh ekanini anglab etsinlar.

Yana bir jihat, so'z erkinligi degani – istalgan narsani hech qanday mas'uliyatni his qilmasdan aytish, yozish, tarqatish degani emas. Balki har bir so'z uchun javob bera olish mas'uliyatidir.

Og'ziga kelganni demoq – nodonning ishi,

Oldiga kelganni emoq – xayvonning ishi,

deb bejiz yozilmagan. 

Har bir internet foydalanuvchisi aytayotgan gapi, tarqatayotgan axboroti uchun Alloh taolo oldida ham, mo'min-musulmonlar oldida ham, jamiyat a'zolari va davlat qonunlari oldida ham javobgardir! Bu me'yor dunyoviy qonun-qoidalarda ham, diniy ta'limotimizda ham qat'iy belgilab qo'yilgan!

Bir so'z bilan aytganda, “feyk” akkauntlar yoki trollar yurituvchilari muborak dinimiz sha'niga dog' soluvchi lavhalar, buzg'unchi sharhlar, haqoratli so'zlar, tahqirlashlari uchun ikki dunyoda ham javob beradilar.

Iloho o'zlarimizni ham, farzand-zurriyotlarimizni ham mehribon Parvardigorimiz buyurgan, janob Payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallam tavsiya etgan, o'tmishda o'tganlarimizni ruhlari shod bo'ladigan, xalqimiz xursand bo'ladigan, ota-onalarimiz rozi bo'ladigan yo'llardan yurishimizni nasib etsin!

 

Ibrohimjon INOMOV,

O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari

MAQOLA
Boshqa maqolalar

Navbatdagi manzil – Xorazm viloyati

13.02.2025   3840   3 min.
Navbatdagi manzil – Xorazm viloyati

O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamkorligida o‘tkazib kelinayotgan namunaviy-amaliy tadbirlarning navbatdagisi joriy yilning 12 fevral kuni Xorazm viloyati Urganch shahrida o‘tkazildi.

 

“Oxun bobo” jome masjidida o‘tkazilgan tashkiliy yig‘ilishda diniy idora mutaxassislari, Xorazm viloyati vakilligi rahbariyati, tuman-shaharlar bosh imom-xatiblari hamda otinoyilari, shuningdek, Urganch shahridagi masjid imom-xatiblari, noiblari, otinoyilar, “Haj-2024” ziyoratchilari va MFYlar raislari taklif qilindi.

 

Tadbirga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosarlari Zayniddin Eshonqulov va Obidjon Qodirov boshchilik qilishdi. 

 

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Obidjon Qodirov ijtimoiy tarmoqdan foydalanish, masjid telegram guruhlarini rivojlantirish, diniy ma’rifiy materiallar bilan boyitish, imom-xatiblarning masjid qavmi va yoshlar bilan yaqindan munosabat o‘rnatish hamda kunlik namozlarda olib boriladigan suhbatlarni hayotiy misollar bilan boyitib borish kabi ko‘rsatma va tavsiyalar berib o‘tdi.

 

Tadbir davomida Xiva shahridagi “Muruvvat” uyiga O‘zbekiston musulmonlari idorasi va “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan ajratilgan 2 dona nogironlik aravachasi va boshqa zaruriy jihozlar, jami 11 533 000 so‘mlik xayriya ishlari olib borildi.


Imom-xatiblar 7 toifaga mansub 150 ta oilaga, otinoyilar 4 toifaga mansub 25 ta oilaga, umumiy hisobda 175 ta oilaga kirib, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot hamda amaliy yordam tadbirlarini olib borishdi. 30 ta xonadonda ma’naviy ko‘makka muhtoj bo‘lganlarni qiynab kelayotgan savollarga javoblar berildi. Nogiron va kasalmand, ehtiyojmand fuqarolar, shuningdek, tabarruk yoshdagi qariyalar yashaydigan 21 ta oilaga kirib, davolanish va dori darmon uchun moddiy yordam ko‘rsatildi.

Homiylarni jalb qilgan holda ehtiyojmandlarga oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-ro‘zg‘or buyumlari hadya qilindi. Notinch bo‘lib turgan oilalar o‘rganilib, arazlashgan, janjallashganlarning aksari yarashtirildi.

***

Viloyat bosh imom-xatibi Xayrulla domla Abdullayev hamrohligida Urganch shahridagi Imom Faxriddin ar-Roziy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi talabalari bilan ochiq muloqot ham o‘tkazildi. Zayniddin domla Eshonqulov keyingi yillarda yurtimizda yoshlar ta’lim-tarbiyasini yuksaltirishga katta e’tibor berilayotgani, keng imkoniyatlar taqdim etilayotgani, jumladan, yangi diniy ta’lim muassasalari ochilayotgani, ularda ustoz va talabalarga barcha sharoitlar muhayyo qilinayotgani, Islom institutida magistratura yo‘nalishi tashkil etilganiga e’tibor qaratdi. 

***

O‘zbekiston musulmonlari idorasining Nazorat va tahlil bo‘limi mudiri Isomiddin Zuxriddinov tomonidan tuman-shahar bosh mutavallilari va Urganch shahrida faoliyat olib borayotgan masjid mutavallilari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi.

***

Tadbir so‘ngida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, Urganch shahri imom-xatiblarining ma’naviy-ma’rifiy hamda masjid boshqaruvidagi faoliyatida kuzatilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Navbatdagi manzil – Xorazm viloyati Navbatdagi manzil – Xorazm viloyati Navbatdagi manzil – Xorazm viloyati Navbatdagi manzil – Xorazm viloyati Navbatdagi manzil – Xorazm viloyati Navbatdagi manzil – Xorazm viloyati Navbatdagi manzil – Xorazm viloyati Navbatdagi manzil – Xorazm viloyati Navbatdagi manzil – Xorazm viloyati Navbatdagi manzil – Xorazm viloyati