Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Yanvar, 2025   |   10 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:32
Shom
17:16
Xufton
18:35
Bismillah
10 Yanvar, 2025, 10 Rajab, 1446

Muftiy hazratlari va bir guruh ulamolar ko'krak nishoni bilan taqdirlandilar

28.04.2021   2520   2 min.
Muftiy hazratlari va bir guruh ulamolar ko'krak nishoni bilan taqdirlandilar

Bashariyat tarixidan ma'lumki, inson o'zining halol mehnati bilan obro'-e'tiborga, ulug'lik martabasiga erishadi. Halqimizning “Mehnat insonni ulug'laydi” iborasiga hamohang bu hikmatli so'zlarning amaliy tasdig'i Yangi O'zbekistonda yanada yaqqol namoyon bo'lmoqda. Mamlakatimiz ravnaqi, elimiz farovonligi yo'lida fidokorona mehnat qilgan ko'plab yurtdoshlarimiz davlatimizning yuksak unvon, medal' hamda ordenlari bilan mukofotlangani ham shundan dalolat beradi.

Muhtaram Prezidentimizning 2016 yil 28 dekabrda “O'zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg'armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmonlari qabul qilingan edi. Mazkur farmonga muvofiq, “Mehnat faxriysi” ko'krak nishoni ta'sis etilgan edi. 2021 yil 26 aprel' kuni matbuotda ushbu mukofot bilan taqdirlanganlar ro'yxati e'lon qilindi.
Mukofotlanganlar orasida:

- O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari birinchi darajali;

- Toshkent shahridagi “Burhoniddin Marg'iloniy” jome masjidi imom-xatibi Abdulxamid domla Tursunov, Toshkent viloyatidagi “Hasanboy ota” jome masjidi imomi Yahyo qori Turdiyev, Buxoro viloyatidagi “Bahouddin Naqshband” jome masjidi imom-xatibi Abdug'ofur domla Razzoqov ikkinchi darajali;

- Samarqand viloyati Urgut tumani bosh imom-xatibi Shodi domla Haqberdiyev uchinchi darajali “Mehnat faxriysi” ko'krak nishoni sohibi bo'ldilar.

O'zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi a'zolari ushbu yuksak mukofot bilan avvalo, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarini, taniqli ulamolarimizni samimiy muborakbod etadilar.

Mazkur fazilatli ulamolarmizga Alloh taboraka va taolodan din, xalq va Vatan yo'lidagi xizmatlarida ulkan muvaffaqiyatlar bardavom bo'lishini tilaymiz, mustahkam sog'liq, uzoq umr va oilaviy baxt yor bo'lishini so'raymiz!

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Qilmishlari sababli musibatlar yetar

10.01.2025   788   1 min.
Qilmishlari sababli musibatlar yetar

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Alloh taolo aytadi: «Kufr keltirganlarga, to Allohning va’dasi kelgunicha, qilmishlari sababli mudom larzaga soluvchi musibatlar yetar yoki ularning diyorlari yaqiniga tushib turar. Albatta, Alloh va’daga xilof qilmas» (Ra’d surasi, 31 - oyat).

Sharh: «Kufr keltirganlarga, to Allohning va’dasi kelgunicha, qilmishlari sababli mudom larzaga soluvchi musibatlar yetar...».

Ya’ni, Allohning va’dasi  - qiyomat kelguncha ularning es-hushini joyiga keltiruvchi musibatlar boshlariga tushib turadi. Bu musibatlar ularning qilgan ishlari tufayli tushadi.

«...yoki ularning diyorlari yaqiniga tushib turar».

Yoki o‘sha mazkur es-hushni joyiga keltiruvchi musibatlar dunyoning boshqa joylariga tushadi. O‘sha kofir va osiy bandalar yashayotgan diyorlarga yaqin joylarga tushadi. Toki ular o‘sha musibatlarni ko‘rib, va’z-nasihat olib, o‘zlariga kelsinlar va iymon keltirsinlar. 

«Tafsiri Hilol» kitobidan

Maqolalar