Niqob kiyishga, haroratni tekshirishga va cheklangan sonda masjidlarga qatnashga majbur bo'lgan Qo'shma shtatlar musulmonlari Ramazon oyida masjidda namoz o'qish imkoniyati ne'mat, deb hisoblashmoqda.
Virjiniya shtatining Aleksandriya shahridagi masjidga boradigan efiopiyalik Amir Muhammad: "Ramazon oyining o'tishi hali ham farqlanib turibdi", – deydi. Cheklovlarga qaramay, – "Bu ne'mat", - deydi u.
Virjiniya shtatining Folls-Cherch shahridagi Al-Hijra Islom markazi jamoatchilik bilan aloqalar direktor, imom Naim Bayg ham masjidlar nihoyat ochilganidan mamnun. "Odamlar masjid ochiq ekanidan juda xursand", – deydi u. – "Bu ularga jamoa hissi – bir-birini ko'rish va birgalikda ibodat qilish imkoniyatini beradi".
Islam.ru xabariga ko'ra, Ramazon oyining odatiy marosimlaridan ba'zilari, masalan, jamoat iftorligi hali o'tkazilayotgani yo'q.
"Do'stlar va oilamni iftorga taklif qilishni sog'indim", – deydi Tennessi shtatidagi Noksvill musulmon jamoasining hammuassisi, ijtimoiy xizmatlar tashkiloti, Shimoliy Amerika islom doiralari jamoatchiligi bilan ishlash bo'yicha direktor imam Rafiq Maxdi. – "Birodarlik ruhi va bolalarning kulgusini qumsadim".
Shu bois masjidlar va musulmon tashkilotlari ijtimoiy masofaga rioya qilgan holda, muhtojlarga zarur oziq-ovqat to'plamlarini tarqatish kabi xayriya ishlari bilan shug'ullana boshladilar.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
"Ko‘kaldosh" o‘rta maxsus islom bilim yurtida imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun tashkil etilgan "Qur’oni karim va tajvid" o‘quv kursining navbatdagi bosqichi boshlandi.
Ta’kidlash joizki, bilim yurtida ushbu o‘quv kursi bir necha yildan buyon samarali faoliyat yuritib kelmoqda. O‘tgan yillar davomida minglab tinglovchilar bu dargohda Qur’oni karimni to‘g‘ri o‘qish va tajvid ilmini o‘rganishga muvaffaq bo‘lishdi.
Davlatimiz tomonidan yaratilgan sharoitlar, madrasa rahbariyati va ustozlarining tinimsiz sa’y-harakatlari natijasida mazkur muassasa Qur’on ilmini o‘rganuvchilar uchun ham yuksak darajadagi ilm maskaniga aylangan. Ayniqsa, imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun alohida sharoitlar yaratilgani tahsinga sazovor.
Tinglovchilarga bilim yurti tomonidan "Muallimi soniy" va Qur’oni karim hadya qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati