Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Iyul, 2025   |   30 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:35
Quyosh
05:12
Peshin
12:35
Asr
17:36
Shom
19:51
Xufton
21:20
Bismillah
25 Iyul, 2025, 30 Muharram, 1447

Afg'oniston masalasidagi Istanbul anjumani Ramazon oyida bo'ladi

23.04.2021   1433   1 min.
Afg'oniston masalasidagi Istanbul anjumani Ramazon oyida bo'ladi

Afg'onistonda tinchlik jarayoniga bag'ishlangan Istanbul anjumani boshqa muddatga qoldirildi. Anjuman 24 aprel' kuni boshlanishi belgilangan edi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

«Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'li bu haqda ma'lum qildi, – deb xabar bermoqda «Anodolu» axborot agentligi. – Turkiya diplomatiyasi rahbarining so'zlariga ko'ra, forum muqaddas Ramazon oyi oxirida tashkil etiladi».

Eslatib o'tamiz, 24 aprel' – 4 may kunlari Istanbulda bo'lishi kerak bo'lgan xalqaro anjumanga O'zbekiston va boshqa qator davlatlar hamda xalqaro tuzilmalar vakillari taklif qilingan edi.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Anqarada Turkiy davlatlar ulamolari o‘zaro tajriba almashmoqda

23.07.2025   3037   1 min.
Anqarada Turkiy davlatlar ulamolari o‘zaro tajriba almashmoqda

Shu kunlarda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar Diniy idoralari huzuridagi Fatvo kengashining navbatdagi seminari Turkiya poytaxti Anqara shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston, Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Ozarbayjon davlatlaridan kelgan mutaxassislar ishtirok etmoqda.
 

Tadbir Turkiy davlatlar tashkiloti kotibiyati tashabbusi va Turkiya diyonat ishlari boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan yig‘ilish olti kunlik maxsus seminar shaklida o‘tkazilmoqda. 


Mazkur yig‘ilishda yangi oyni kuzatish, namoz vaqtlari, taqvim tuzish, ozuqa mahsulotlariga qo‘shiladigan jelatin moddasining hukmi, safar masofasi, zakot nisobini aniqlashga oid masalalar bo‘yicha har bir yurt vakili o‘z tajribalarini bayon qilib, fikr-mulohaza almashmoqda. Shuningdek, tadbir qatnashchilari Turkiya diyonat ishlari boshqarmasi ish faoliyati bilan ham yaqindan tanishmoqda. 


Yig‘ilishdan ko‘zlangan maqsad Turkiy davlatlar o‘rtasida diniy-ma’rifiy aloqalarni yanada mustahkamlash, fatvolar chiqarishda o‘zaro yakdillik va birxillikni ta’minlashdir.   


Ushbu xalqaro seminarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ulamolari G‘ulomiddin domla Xolboyev, Hikmatulloh domla Toshtemirov, Abdulatif domla Tursunov qatnashmoqda.  

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Anqarada Turkiy davlatlar ulamolari o‘zaro tajriba almashmoqda Anqarada Turkiy davlatlar ulamolari o‘zaro tajriba almashmoqda