Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Iyul, 2025   |   27 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:31
Quyosh
05:09
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:54
Xufton
21:24
Bismillah
22 Iyul, 2025, 27 Muharram, 1447

Frantsiyaliklar Samarqandga ommaviy “sayohat” qilmoqda

23.04.2021   1402   1 min.
Frantsiyaliklar Samarqandga ommaviy “sayohat” qilmoqda

Frantsiyaning ommabop «GEO» sayyohlik nashri «My Tour Live» kompaniyasi bilan hamkorlikda frantsuz sayohatchilari uchun navbatdagi jonli virtual ekskursiyani tashkil etish uchun Samarqand shahrini tanladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Registon maydoniga virtual tashrif 23 aprel', juma kuni soat 20:30 dan 21:30 gacha rejalashtirilgan.

Nashr «Karantin choralari va sayohatlarni cheklashni vaqtincha unutishni, klavishlarni bir necha marta bosish orqali Markaziy Osiyodagi mamlakat va Ipak yo'lidagi ulug'vor joy – O'zbekistonga borishni» taklif qilgan.

Hayajonli virtual sayohatga tajribali gid hamrohlik qiladi. U ushbu manzil sirlarini ochishdan tashqari, real vaqtda batafsil ma'lumot berish bilan birga, barcha savollarga javob beradi. Bu Samarqand ko'chalarida sayr qilish uchun jonli ravishda taqdim etilgan haqiqiy ekskursiyadir.
«Samarqanddagi Registon maydoni – Markaziy Osiyodagi eng go'zal joylardan biridir. Buyuk ipak yo'li davrida Registon dunyodagi eng yirik savdo chorrahasi bo'lgan. XV asrdan buyon bu erda uchta madrasa, masjid va saroylar bunyod etilgan. Ular sehrli moviy ranglar bilan qoplangan oltin hattotlik gumbazlari bilan bezatilgan», deb xulosa qiladi «GEO» .

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Jannat ahli Jannatdagi uylarini qanday topadilar?

21.07.2025   1209   1 min.
Jannat ahli Jannatdagi uylarini qanday topadilar?

Alloh taolo aytadi: "Ularni (Allohning) O‘zi ularga tanitgan jannatga kiritur" (Muhammad surasi, 6-oyat).


Imom Tabariy rahimahulloh: "Jannat ahli jannatdagi uylarini tanib olishadi. Hatto bir kishi jannatda o‘z uyiga dunyodagi uyiga kelgani kabi borib oladi", dedi. 


Ibn Kasir rahmatullohi alayhi: "Ya’ni, ular jannatda o‘z manzillarini oson topadilar", dedi.


Imom Qurtubiy rahimahulloh: "Bu oyat mo‘minlarga berilgan ulug‘ bir mujdadir. Chunki dunyoda ular sabr qildilar, iymonlarini mustahkam tutdilar. Endi jannatda o‘z makonlarini Allohning hidoyati bilan osongina topadilar. Bu Allohning ularga lutfidir", dedi.


Alloh taolo mo‘minlar va taqvodorlarni O‘zi ularga tavsiflab, ta’riflab bergan jannatga kiritadi. Bu jannat ular uchun avvaldan tayyorlangan va ular unda o‘z manzillarini xuddi dunyodagi uylarini bilgandek, osongina topadilar.